Qarindoshlar "eskicha" qildir, fol ochdir, chillalaringga atab jonliq so‘y" deyishi
Assalomu alaykum! Onamning oyog‘i va oshqozoni bir necha o‘n yillardan beri og‘riydi. Xar yil bir necha martalab turli doktorlarga ko‘rikka boradi. Va ulardan deyarli bir xil javob oladi: "Siz sog‘lomsiz". Yaqin olti oydan buyon uzoq masofaga yurolmaydigan bo‘lib qoldi. Buni ko‘rgan qarindoshlar ""eskicha" qildir, fol ochdir, chillalaringga atab jonliq so‘y" deb xoli joniga qo‘ymayapdi onamni. Onamning o‘zi bunaqa narsalarga ishonmaydi. Xolam onamga aytmay fol ochirganda aytishibdi "U kishi "Eskichaga" ishonmaydi ekan, shunga dardi og‘irlashib boryapdi" debdi. Xullas shunaqa gaplar atrofida juda qiynalib qoldik. Dinimizda nimalar deyilgan bunaqa mavzularda. Iltimos batafsil javob bersalaringiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ularning gaplari safsatadan boshqa narsa emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:12 | Savol-javoblar | 152 | Tabobat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ularning gaplari safsatadan boshqa narsa emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:12 | Savol-javoblar | 152 | Tabobat