Namozni kechiktirmayapmanmi?

Assalomu alaykum! Alhamdullillah sizlar sababli ko‘pchilik yurtdoshlarimiz shariyatimiz qoidalrini yanada yaxshiroq o‘rganib borishmoqda. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin va qilayotgan ishlarizga savob hamda hasanotlarni ko‘paytirib bersin hamda bizga ham sizlarning ilmlarizgizdek manfa’atli ilm bersin Omiyn. #savol 1.Men besh Mahal namoz o‘qiyman Alhamdullillah. Lekin hozir o‘qishim boshlandi. Shuning uchun peshin namozlarini jamoat bilan emas undan ozgina vaqt o‘tib masalan ikkilarda o‘qiyapman lekin shu paytgacha agar biror jiddiy sabab bo‘lmasa jamoatdan qolmasdim men shu holda ham masjidda peshinni o‘qib jamoat nomozi savobiga umid qilsam bo‘ladimi? 2.Asr namozlarini qazo qilmay shomga taqalib qolyapti masalan bugungi kunda shomni vaqti 18:38 ekan(islom.uz partalidan olindi 12.08.18) men esa darsdan 18:00 da chiqaman bazan ertaroq ham bo‘ladi. Men shu paytgacha ortga surib o‘qisam(ataydan emas darsni ham qoldirgim kelmaydi) asrni Quroni Karimdagi "...ular namozlarni unutuvchidirlar " mazmundagi oyati men uchun bo‘lib qolmaydimi (bu oyat sharxini o‘qib chiqib biroz qo‘rqib ketdim)? To‘g‘risini aytsam ilm olishga juda ham qiziqaman va darsni qornim och qolsa ham tark qilgim kelmaydi bazan darsga berilib ketsam kechki payt 3 yoki 4 gacha uxlamay qolib ketaman. 3. Aynan asrdan keyin kvartiraga ketamiz bollar bilan kvartiramiz bir soatchalik yo‘l agar tez borsak. Shunda ham namozni ataylab kechga surayotgan bo‘lmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Vaqtida o‘qiyapsiz ekan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:12 | Savol-javoblar | 147 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar