G‘usl haqidagi boshqa saytdagi fatvo
Assalomu alaykum! 1-Savolim agar inson jimodan oldin bavl qilgan bo‘lsa, so‘ngra g‘usl qilish oldidan bavl iloji bo‘lmasa(kelmasa), unda g‘usldan keyingi suyuqlik xukmi nima bo‘ladi? Men boshqa bir saytda o‘qidim shu to‘g‘rimi :Savol:Junublikdan g‘usl qilgach, tanosil a’zosidan chiqqan suyuqlikning hukmi nima?Alloma Muhammad ibn Solih Usaymiyn javob beradi: G‘usldan so‘ngra shahvatsiz-lazzatsiz chiqqan suyuqlik, birinchi junublikdan qolgan maniy qoldig‘i bo‘lib, g‘usl qilishni farz qilmaydi. Bunday paytda odam uni va u tekkan narsalarni yuvib, tahoratnigina qayta olishi kerak.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu kishi tug‘ilmasidan balki bobob kalonlari ham tug‘ilmasidan avval Abu Hanifa rahmatullohi alayh “Bunday holatda g‘usl vojib bo‘ladi” deganlar. Gap siz kimga ergashishligingizga bog‘liq. Biz Abu Hanifa rahmatullohi alayhga ergashamiz. Chunki u zotning insonlarni eng afzallardan ekanligiga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyidagicha marhamat qilganlar: عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: خَيْرُ النَّاسِ قَرْنِي ثُمَّ الَّذِينَ يَلُونَهُمْ ثُمَّ الَّذِينَ يَلُونَهُمْ، ثُمَّ يَجِيءُ قَوْمٌ تَسْبِقُ شَهَادَةُ أَحَدِهِمْ يَمِينَهُ وَيَمِينُهُ شَهَادَتَهُ. رَوَاهُمَا الْأَرْبَعَةُ Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Odamlarning eng yaxshisi mening asrimdagilardir. So‘ngra ulardan keyin keladiganlari. So‘ngra ulardan keyin keladiganlari. So‘ngra bir qavm kelurki, ularning birining guvohligi qasamidan o‘tar, qasami guvohligidan o‘tar», dedilar».
Ikkisini to‘rtovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Bu hadisi sharif ham oldingi hadisdagi ma’noni ta’kidlab kelmoqda. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning:
«So‘ngra bir qavm kelurki, ularning birining guvohligi qasamidan o‘tar, qasami guvohligidan o‘tar» deganlarining ma’nosi shuki, o‘sha yaxshiligiga guvohlik berilgan uch asrdan keyin keladigan avlodlar ichidan bir qavmlar chiqadilar. Ular o‘zlarining taqvosizliklaridan beparvo bo‘lib, bo‘lar-bo‘lmasga qasam ham ichaveradigan, guvohlik ham beraveradigan bo‘ladilar. وَقَالَتْ عَائِشَةُ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا: سُئِلَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَيُّ النَّاسِ خَيْرٌ؟ قَالَ: الْقَرْنُ الَّذِي أَنَا فِيهِ ثُمَّ الثَّانِي ثُمَّ الثَّالِثُ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ Oisha roziyallohu anho aytadilar:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan «Odamlarning qay biri yaxshi?» deb so‘raldi. Shunda u zot:
«Men bor asr. So‘ngra ikkinchisi. So‘ngra uchinchisi», dedilar».
Muslim rivoyat qilgan.
Sharh: Bu hadisi sharif o‘zidan avvalgilarining ma’nosini boshqacha lafzlar bilan takrorlab kelmoqda.
Demak, musulmon ummatining eng yaxshi asrlari birinchi uch asr ekanligini hamma bir ovozdan ta’kidlagan. Ana shu birinchi uch asr musulmonlari salafi solih, ya’ni «salohiyatli o‘tganlar» deb nomlanadilar. Sahobalar, tobe’inlar va taba tobe’inlardan iborat bo‘lgan bu uch avlod musulmonlari davrida Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ushbu hadisi shariflarida aytgan bashoratlari yuzaga chiqdi. Salafi solihlar Islomni o‘z hayotlariga mukammal tatbiq qildilar.
Ular har bir masalada kelajak avlodlar uchun to‘liq namuna bo‘ladigan ishlarni qildilar. Buning uchun ularning ikki ustunliklari bor edi. Birinchisi – Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning davrlariga yaqinliklari, ikkinchisi – arabiy tabiatlarining sofligi.
Salafi solihlarimiz dinimizning barcha sohalarida: ham aqida, ham shariat, ham ehson sohalarida kattayu kichik barcha masalalarni Qur’oni Karim va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari asosida, ijmo’ va qiyosni ishga solib, hal qildilar va ularni hal qilish usullarini to‘laqonli va tartibli qoidalar bilan asosladilar. Keyingi avlod musulmonlariga o‘sha qoidalar asosida o‘z hayotlarida paydo bo‘ladigan yangi masalalarni hal qilish qoldi, xolos.
Shuning uchun ham Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning bashoratlari ila voqe’likda ham Islom ummatining afzali bo‘lmish salafi solihlarimizni, xususan, ularning gultoji bo‘lmish sahobai kiromlarni barcha davr va makon musulmonlari e’zozlamoqlari lozim. Ularning muborak hayotlarini yaxshilab o‘rganib, o‘rnak olmoqlari kerak. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:14 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar