Er o‘lsa xotini unga begona bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Bir janozada eshitgan gapim to‘g‘rimi yo‘qmi bilmoqchi edim. Er vafot etganda uni yuvishgandan so‘ng xotini unga begona bo‘lib qoladimi? Javib uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hanafiylar: «O‘lgan ayol kishini eri yuvsa yoki ushlasa bo‘lmaydi, chunki ularning orasidagi nikoh kesilgan bo‘ladi», deyishadi. Kuchli qavlga qaraganda, ayol erining o‘ligiga nazar solsa bo‘lar ekan. Lekin er o‘lgan ayolining faqat yuziga nazar solishi mumkin, chunki nazar solish ushlash va yuvishdan ko‘ra engilroqdir. ("Kifoya" kitobidan). Agar bir erkak o‘lsa va erkaklarning ichidan biror cho‘miltiruvchi bo‘lmasa, xotinidan boshqa biror bir ayol uchun unga g‘usl bermog‘i joiz emas. Garchi mahrami bo‘lsa ham. Agar xotini ham bo‘lmasa, ayollar uni tayammum qildiradilar, g‘usl qildirmaydilar. Lekin tayammum qildiruvchi ayollar mayyit uchun mahram bo‘lmasalar, uning badaniga qo‘l tegizmaydilar. Balki o‘z qo‘llariga qo‘lqopni kiyib, tayammum qildiradilar.
Biror kimsaning eri vafot topsa, ayoliga uning chehrasini ko‘rish, cho‘miltirish va kafanlash durustdir va agar xotini vafot topsa, eriga uni cho‘miltirishi, uning badanini ushlash va qo‘l tekkiz durust emas. Albatta ko‘rish durust va matoning ustidan qo‘l tekkizishi va janozasini ko‘tarish ham joizdir. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 09:14 | Savol-javoblar | 161 | Oila va turmush