Zulhijja ro‘zasi Xitoyda

Assalomu alaykum! Hurmatli ilm ahli. Men Xitoyda kimyodan tahsil olayapman. Xitoyda Zulhijja oyining 10-kuni, ya’ni Hayit bayrami 22-avgustga to‘g‘ri kelarkan. Saudiya va O‘zbekistonda esa 21-avgustga to‘g‘ri kelayapti. Men Arafa kuni ro‘zasini tutishim uchun xuddi Ramazon hiloli kabi, yashayotgan joyimda oy ko‘rinishiga qarab, Xitoy fatvosiga ergashib, 21-avgustni arafa deb hisoblab ro‘za tutsam, Arabistonda hojilar hayitni nishonlayotgan bo‘lishadi. Shunday vaziyatda nima qilish kerak? Ilmsizligimdan, tavakkal qilib, hojilarga ergashib, ehtiyotdan dushanba kuni, ya’ni 20-avgust kuni ro‘za tutdim. Bunday vaziyatda nima qilishim kerak o‘zi? Keyingi yillarda yana shunday vaziyatga tushsam, ilm bo‘lishi uchun savolimga javob bersangiz, iltimos. Islom ilmi yo‘lida chekayotgan zahmatlaringizni Alloh o‘ylaganingizdan xayrliroq qilib mukofotlasin. Alloh barchamizni, faqat Uning roziligi uchun ilm istaydiganlardan qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Qiyomatga yaqin bir kunlik oyni ikki kunlik deb hisoblashadi” deganlar. Gohida shunday holatlar ham sodir bo‘lib turibdi. Shuning uchun turgan joyingizni fatvosiga amal qiling. Fatvo beruvchilar javob beraverishadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:46 | Savol-javoblar | 160 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar