Taomlanish haqida

Assalomu alaykum! Bir hadisda «Alloh uchun kuchsiz mo‘mindan kuchli mo‘min afzalroq» deyilgan. Boshqa hadisda «Odam to‘ldiradigan qozonlarning eng yomoni qorindir» deyilgan. Va yana boshqalarida kam taomlanishga targ‘ib qilingan. Inson baquvvat kuchli bo‘lishi uchun ko‘p taom eyishi kerak-ku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Baquvvat bo‘lish uchun ko‘p taom eyish emas, me’yorda eb, eganini ibodatga sarflash kerak. Eb olib uni singdirish uchun yana singdiruvchi ichimlik ichish ham emas. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 18:02 | Savol-javoblar | 168 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar