Qurondagi oyatlar va murtadlar xakida
Assalamu aleykum! YouTube tarmog‘ida O‘zbek masixiylari va Al Masix degan kanalga ko‘zim tushib qoldi. U odam islom dinidan chiqib nasroniylik dinini qabul qilgan murtad o‘zbek ekan. Uning videolari asosan Islomni qoralashga qaratilgan. Komentariyalarida ko‘pchilik bilan baxs qilyatganini ko‘rdim. Islomni qoralab payg‘ambarimiz sha’niga juda og‘ir buxton gaplar gapryabdi. U aytyabtiki men xam musulmon edim 5 maxal namoz o‘qir edim, lekin Iso masixni topdim va Nasroniy bo‘ldim diyabdi. Bu etmaganday senlar injilda qarama qarshilik bor deysanlar. Mana Qur’onda xam qarama qarshiliik shuncha deb quyidagilarni keltirdi: 1). Dinda majburlash bormi? 2:256. Dinga majbur qilish yo‘q. Batahqiq, haq botildan ajradi. Kim tog‘utga kufr keltirib, Allohga iymon keltirsa, batahqiq, uzilmaydigan mustahkam tutqichni ushlagan bo‘lur. Va Alloh eshituvchi, biluvchi zotdir. 9:5. Bas, harom oylar chiqqanda, mushriklarni qaerda topsangiz, o‘ldiringlar, tutinglar, qamal qilinglar va ularni har joyda poylanglar. Agar tavba qilsalar, namozni to‘kis ado etsalar va zakotni bersalar, yo‘llariga qo‘yib yuboringlar. Albatta, Alloh mag‘firatli va rahmli zotdir. 9:29. Allohga va oxirat kuniga iymon keltirmaydiganlarga, Alloh va Uning Rasuli harom qilgan narsalarni harom deb bilmaydigan va haq dinga yurmaydigan kitob berilganlarga qarshi, to ular bo‘yinsungan hollarida o‘z qo‘llari bilan «jizya» bermagunicha, jang qiling. 9:73. Ey Payg‘ambar, kofirlar va munofiqlarga qarshi jihod qil va ularga nisbatan qattiqqo‘l bo‘l. Ularning joyi jahannamdir. U qanday ham yomon qaytadigan joy. 2). Iso vafot topganmi yoki yo‘q? 4:157 «Biz Allohning Rasuli Masih Iyso ibn Maryamni o‘ldirdik», deganlari uchun (ularni la’natladik). Holbuki uni o‘ldirmadilar ham, osmadilar ham, lekin ularga shunday tuyuldi. U haqida ixtilofga tushganlar uning o‘limidan shak-shubhadadirlar. U to‘g‘risida ularning bilimlari yo‘q, magar gumonga ergasharlar. Uni o‘ldirmaganlari aniqdir. 3:55. Alloh: «Ey Iyso, Men seni vafot qildiruvchi va O‘zimga ko‘taruvchiman hamda kufr keltirganlardan seni poklovchiman va qiyomat kunigacha senga ergashganlarni kufr keltirganlardan ustun qo‘yuvchiman. So‘ngra qaytish joyingiz O‘zimga, bas, ixtilof qilgan narsalaringiz bo‘yicha orangizda O‘zim hukm chiqaraman», deganini esla 19:33. Menga tug‘ilgan kunimda ham, o‘ladigan kunimda ham va qayta tiriladigan kunimda ham salom bordir” dedi. 3). Maryamga nechta farishta gapirgan? 19:21. U: «Ana shunday, Robbing aytdiki, bu Men uchun osondir va uni odamlarga belgi qilish uchun hamda Bizdan rahmat bo‘lish uchun, bu, hukmi chiqib bo‘lgan ishdir», dedi. 3:42. Farishtalarning: «Ey Maryam, albatta, Alloh seni tanlab oldi, pokladi va olamdagi ayollardan ustunligingni ixtiyor qildi. 4). Alloh olamni necha kunda yaratdi? 7:54. Albatta osmonlaru erni olti kunda yaratgan, so‘ngra Arshni egallagan Robbingiz kecha ila kunduzni qoplaydir. Uni shoshilib quvlaydir. Quyosh, oy va yulduzlarni O‘z amriga bo‘ysundirilgan qilib yaratdi. Ogoh bo‘ling, yaratish va amr qilish uning O‘ziga xosdir. Olamlarning Robbi–Alloh buyukdir 10:3. Albatta, Robbingiz osmonlaru erni olti kunda yaratgan, so‘ng arshni egallagan Allohdir. U ishning tadbirini qiladir. Uning iznisiz hech bir shafoatchi bo‘lmas. Ana o‘sha Alloh Robbingizdir. Bas, Unga ibodat qilinglar. Eslamaysizlarmi?! 41:9. Sen: «Sizlar haqiqatan ham erni ikki kunda yaratgan zotga kufr keltiryapsizmi va Unga tengdoshlar qo‘shyapsizmi?! Axir U zot olamlarning Robbi-ku! 41:12. Bas, ikki kunda etti osmonni barpo etdi va har bir osmonga ishini vahiy qildi. Biz, u yaqin osmonni chiroqlar-la ziynatladik va qo‘ridik. Bu azizu o‘ta ilmli zotning o‘lchovidir. 5). Inson nimadan yaratilgan? 15:26. Batahqiq, Biz insonni quruq loydan, o‘zgartirilgan qora balchiqdan yaratdik. 16:4. U insonni nutfadan yaratdi. Endi esa, u(inson) ochiq-oydin xusumatchi bo‘lib turibdi. 96:2. U insonni alaqdan yaratdi. 6). Necha ming yil? 32:5. U zot osmondan ergacha barcha ishning tadbirini qilur. So‘ngra o‘sha (ish) miqdorini siz sanayotgan hisobda ming yilga teng bo‘lgan kunda Unga chiqar. 70:4. Farishtalar va Ruh Uning huzuriga miqdori ellik ming yil bo‘lgan kunda ko‘tariladir. 7). Payg‘ambarlar fakat Ibroxim avlodidan chiqqanmi? 29:27. Biz unga Ishoqni va Yaqubni baxsh etdik va Payg‘ambarlik hamda kitobni uning zurriyotida bo‘ladigan qildik. Unga bu dunyoda ajrini berdik. Albatta, u oxiratda solihlardan bo‘lgay 16:36. Batahqiq, Biz har bir ummatga: «Allohga ibodat qiling va tog‘utdan chetlaning», deb Payg‘ambar yuborganmiz. Bas, ulardan ba’zilarini Alloh hidoyat qildi. Ba’zilariga esa, zalolat haq bo‘ldi. Bas, er yuzida sayr qilib yurib yolg‘onga chaqiruvchilarning oqibati qanday bo‘lganiga nazar soling. Shunday karama karshi oyatlar xakikatta mavjudmi? Afsus ilmim yo‘qligi uchun u bilan baxslasha olmadim. Men tafsiri xilol yoki boshka kitob o‘qishga imkonim yo‘q chunki musofirdaman. Agar iloji bo‘lsa ushbu oyatlarni sharxlab bersangiz. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! U o‘zbek o‘zi ahmoq bo‘lib, o‘zgalarni ham ahmoq bo‘lishga va abadiy do‘zaxiy bo‘lishga chaqirmoqda. Allohning odati bir payg‘ambar insonlarni dinga chaqirgach, unga kitob nozil bo‘lgach vafot topganidan keyin ma’lum bir muddatgacha sof din saqlanib qoladi. So‘ng buzg‘unchilar paydo bo‘lib kitobini o‘zgartirishadi, ahkomlarini o‘zgartirishadi, hatto oxiri borib sof dindan ba’zi birgina odbga tegishli narsalar qoladi xolos. Buni o‘sha nasroniylar ham tan olishadi, chunki ulardan oldin yahudiylar dinini buzib Iyso alayhissalom payg‘ambar bo‘lib kelgan edilar. U kishi osmonga ko‘tarilganlaridan keyin u zotning kitobini ham o‘zgartirishda hatto qaysi tilda nozil bo‘lganini ham bilmaydigan darajaga kelishdi. Shundan so‘ng Alloh taolo odatiga ko‘ra eng so‘ngi payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi vasallamni payg‘ambar qilib yubordi. U zotga Qur’on nozil qildi va Qur’oni karimda uni qiyomatgacha saqlashini xabarini berdi. Allohga ishonga har bir mo‘min Uning va’dasiga ham ishonadi. Qalbi ko‘r bo‘lganlar va yana ba’zi bir moddiy narsalarga uchganlar shunday dinini sotib murtad bo‘lishgan. Uning ortida pul borligi hammaga ayon, u odamku namoz o‘qiganligini da’vo qilibdi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga vahiyni yozishga vakil bo‘lgan kishi ham murtad bo‘lgan. Bunga ajablanishning hech hojati yo‘q. U keltirgan gaplarni esa hammasi Islom mutafakkirlari bilan munozara qilinganida o‘rtaga tashlangan savollar. Hammasiga ulamolarimiz javoblarini berib qo‘yganlar. Ahmad Diydat va Zokir Nayklarning nasorolar bilan qilgan baxs videolarini ko‘ring. G‘ilay hamma narsani qiyshiq ko‘rsa ayb o‘sha narsalarda emas, balki g‘ilayning o‘zida. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:54 | Savol-javoblar | 187 | Qur’oni karim