Kiyimda plyus belgisi bo‘lsa

Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar, bir kishidan Angliya, Amerika bayrog‘i bor kiyim kiyib bo‘lmaydi deb eshitgan edim Xozirgi kunda juda ko‘p kiyimlarda katta va kichik ko‘rinishda plyus belgisi bor. Savolim shuki plyus belgisi bor kiyim kiyish va unda namoz o‘qish joizmi? Javob uchun oldindan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! U nimani alomati ekanligiga qaraladi. Agar diniy shior bo‘lsa musulmon kiyishi joiz emas. Oddiy plyus hech nimani ifoda qilmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:54 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar