Namozda o‘rganguncha qog‘ozga qarab o‘qish

Assalomu alaykum! Yangi namozga kirayotgan inson namozdagi harakatlar, suralarni yod olishga qiynalyapti, shuni yod olguncha qog‘ozga qarab harakat qilsa, suralarni o‘qisa joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Namozda bilganichasini o‘qiyveradi. Namozdan tashqarida alohida o‘qiganga o‘xshab mashq qilaveradi. Masalan namozni ado bo‘lishi uchun Fotiha surasining qiroati kifoya qiladi. Bu albatta yangi o‘rganayotganlar uchun. Avvalida shunday bo‘lib keyin oson bo‘lib ketadi. Alloh ziyoda qilsin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:57 | Savol-javoblar | 137 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar