Xolam hajda vafot qildilar

Assalomu alaykum! Ustozlar, holam bu yil xaj amalini niyat qilib safarga chiqdilar. Madinada 3 kun turib, so‘ngra Miyqotda xaj va umra amalini bajarish uchun niyat qilib exrom kiydilar. So‘ngra Makkaga qarab 90 km yurib yo‘lda vafot etdilar. Xolam xoji bo‘ldilarmi yoki hajji badal qilish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Agar vasiyat qilgan bo‘lsa hajji badal qilish vojib. Agar vasiyat qilmagan bo‘lsa merosxo‘rlarning ixtiyori. Ammo u zotning maqomiga kelsak Alloh taolo “Niso” surasida marhamat qiladi:  وَمَن يُهَاجِرْ فِي سَبِيلِ اللّهِ يَجِدْ فِي الأَرْضِ مُرَاغَمًا كَثِيرًا وَسَعَةً وَمَن يَخْرُجْ مِن بَيْتِهِ مُهَاجِرًا إِلَى اللّهِ وَرَسُولِهِ ثُمَّ يُدْرِكْهُ الْمَوْتُ فَقَدْ وَقَعَ أَجْرُهُ عَلى اللّهِ وَكَانَ اللّهُ غَفُورًا رَّحِيمًا۝ 100....Kim uyidan Alloh va Uning Rasuliga hijrat qilib chiqsa-yu, so‘ngra unga o‘lim etsa, albatta, uning ajri Alloh zimmasiga tushadir. Va Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir.
Ushbu oyatdagi ajri Allohning zimmasida bo‘lganlarning safida bo‘ladi.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:58 | Savol-javoblar | 153 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar