Namozda ikki xil niyat

Assalomu alaykum! Biz musofirchilikdamiz. Bu erda bozordagi masjidga xufton namoziga azon aytilgach kirdik. Bir jamoatga iqtido qildik. Imom 3-rakaatdan keyin salom berib yubordi. Shunda u shom namozini o‘qigani bilindi. Biz esa salom bermasdan xufton bo‘lishi uchun yana bir rakat qo‘shish kerakku deb turib yana bir rakaatni o‘qidik va salom berdik. Aytingchi bizdan xufton durust bo‘ldimi yoki qayta o‘qib olishimiz kerak edimi? Biz imom shomni o‘qiyotganini bilib turib yoki bilmasdan iqtida qilganimizni hukmga aloqasi bormi? Chunki qasddan qilmasa ya’ni bilib turib iqtido qilmagansizlar shuning uchun zarari yo‘q deyapti ba’zilar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sizlardan xufton ado bo‘lmagan. Qaytadan o‘qib olinglar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:02 | Savol-javoblar | 138 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar