Yoshi ulug‘ ayollar eri o‘lganda idda muddati

Assalomu alaykum! Eri vafot qilgan ayolga 4 oy 10 kun idda muddati xisoblanishini o‘qigan edim. Bir odam bu muddat tug‘ish yoshidagi ayollar uchun yoshi ulug‘g‘ ayollarga xamma qatori 3 kun aza deb aytdi. Shu gap to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri aytibdi. Barcha eri o‘lgan ayollarga idda o‘tirish 4 oy 10 kun. Homiladordan tashqari. Homilador bolasin tuqqunicha idda o‘tiradi. Bu hukm yoshga ham qariga ham barobar. Bir inson shariatga tegishli masalani gapirayotganida ehtiyot bo‘lishi kerak, chunki u Alloh va rasulining hukmi bo‘ladi. Go‘yoki “Alloh taolo va rasululloh shunday degan” deyish bilan barobar bo‘ladi. Bilmasdan turib gapirishi og‘ir jinoyat. Xato qilsa ularga tuhmat. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:02 | Savol-javoblar | 138 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar