Boshliqning muomalasi

Assalomu alaykum! Men davlat ishida ishlayman. Mashinala xo‘jayin olib yuraman. Namozni boshladim Alhamdulillah. Kechagi kunda shom namozi vaqti yaqinlashganda masjitga borib namozimni o‘qidim. Namozga ketgan vaqtimda men olib borgan inson meni qidirbti, keyin telefon qilsam menga qaerga keting nega telefoningni olmaysan deb baqira boshladi. Shom namozini o‘qigani masjitga bordim desam nega mendan so‘ramaysan deb urishdi. Aslida barchamiz musulmonmizku, namoz Alloh tomonidan farz qilinganku, nega men boshqa bir bandadan namoz uchun ruxsat so‘rashim kerak? Shu tushuncham to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta gapingiz to‘g‘ri. Boshliq bunaqa bo‘lsa farzni tark qilmagan holatda kelishishni yo‘llarini qiling. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 09:13 | Savol-javoblar | 156 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar