Tabib najasni ichishga fatvo bersa ichsa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Men gepatit S bilan kasallanganman, qonimda virusim bor, lekin bu erimga ham homilamga ham bollarimga ham yuqmas ekan. shunchaki o‘zimda, qonimda yurarkan, vaqti vaqti bilan davolab jigarga vitaminlar qilib turish kerak. Lekin qaynatam doktor, u ko‘pchilikni urinaterapiya ya’ni ozini siydigi bilan davolaydi. Menga ham dori olishni o‘rniga shu bilan davolanish kerakligini 5 yildan beri aytib kelishadi. Lekin men bu haromni ichgandan vafot etganim ma’qul deb hisoblayman. Shunga sizlarga murojat qilyapmanki agarda shu najasni ichsam harom bo‘ladimi yoki tabib aytgani uchun javobni u beradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz u najasni ichishingiz joiz emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam siz kabi bemor bo‘lganlarga tuyaning sutini ichishni tavsiya qilganlar va bu tibbiyotda o‘z tasdig‘ini topgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:05 | Savol-javoblar | 152 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar