Tasbehlar haqidagi hadis
Assalomu alaykum! Men ijtimoiy tarmoqda bir narsa o‘qib unga amal qila boshladim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Ikki xislat bor. Kim unga amal qilsa, albatta jannatga kiradi. Ikkisi oson, ammo unga amal qiladigan ozdir. 1-xar bir namozdan so‘ng 10 marta tasbex (Subxanalloh) aytadi, 10 marta Allohga xamd (Alhamdulillah) aytadi va 10 marta takbir (Allohu akbar) aytadi. Bir kunda 150 ta, tarozida esa 1500 ta bo‘ladi. 2- qachon uxlashga yotsa, 34 marta takbir (Allohu akbar),33 marta xamd (Alhamdulillah) va tasbex (Subxanalloh) aytadi. Jami 100ta, tarozida 1000 ta bo‘ladi" dedilar. Shunda saxobalar roziyalloxu anxum: "Yo Allohning Rasuli! Nega oson bo‘lgan bu amallarga amal qiladiganlar oz?" deb so‘rashdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Bu amalni qilmoqchi bo‘lganning shayton namozda kelib, uni aytishidan oldin xojatini esiga soladi. Uyquga yotganida esa, uni aytishidan oldin uxlatib qo‘yadi" deb javob berdilar (Imom Termiziy,Imom Nasoiy rivoyati). Bu hadis sahihmi va bu amalga ixlos bilan yondashsam bo‘ladimi? javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:06 | Savol-javoblar | 145 | Hadislar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:06 | Savol-javoblar | 145 | Hadislar