Sabr topish uchun
Assalomu alaykum! Bir tanishimizni o‘g‘li ikki yil ilgari o‘z joniga qasd qilgandi ikki yildan beri onasi o‘ziga sabr topolmayabdi. Shunga maslaxat bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom!MUSO VA SOLIH BANDA QISSASI Muso alayhissalom va solih banda haqidagi qissa Qur’oni Karimning eng mashhur qassalaridan biridir. Bu qissaning bosh qahramonlari ham Muso alayhissalomdirlar. Payg‘ambarlar qissalariga bag‘ishlangan kitobni bu qissasiz tasavvur qilish ham qiyin.
Turli ibratlarga boy bu qissa qahramonlari haqida tafsirchi ulamolarimiz turli fikrlarni aytganlar. Turli tortishuvlar bo‘lgan. Hattoki qissadagi Muso, mashhur Payg‘ambar Muso alayhissalommi yoki boshqa Musomi deganlar ham bo‘lgan. Shuningdek, ikki dengizning jam bo‘lgan joyi qaerda, solih banda kim, kabi savollarga ham, javoblardan kelib chiqqan mulohazalarga ham sharh va ta’liqlar ko‘paygan. Oqibatda ba’zi tafsirlarda qissa va undan chiqadigan ibratlar bir yoqda qolib, tortishuvlarga ko‘p o‘rinlar ajratilgan. Bizning maqsadimiz Qur’oni Karimni oson yo‘l bilan tushunish bo‘lgani uchun shunga mos tafsirlarga ergashib, boshqa oyatlardagi kabi, bu qissada ham qur’oniy istilohlarga asoslanib asl ma’noni tushunishga harakat qilamiz.
Bu qissa «Kahf» sursining oltmishinchi oyatidan boshlanadi va sakson ikkinchi oyat ila tamom bo‘ladi.
Keling qissani o‘rganib chiqaylik: «Muso o‘z yigitiga: «Ikki dengiz jamlangan joyga etmagunimcha, yillarni o‘tkazsam ham, yuraveraman», deganini esla».
Muso alayhissalomning bunday qarorga kelishlarining sababi Imom Buxoriyning Said ibn Jubayrdan qilgan rivoyatlarida bayon etilgan. Unda Said ibn Jubayr quyidagilarni aytadilar: «Men Ibn Abbosga:
«Navf al-Qunoshiy Xizr alayhissalomning sohibi bo‘lgan Muso Bani Isroilning sohibi bo‘lgan Muso emas, deb da’vo qilyapti», dedim. Ibn Abbos:
«Allohning dushmani yolg‘on aytibdi. Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhu bizga aytishlaricha, u kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mana bu hikoyalarini eshitgan ekan:
«Muso Bani Isroil orasida bir kuni xutba qilib turganida, odamlarning qaysinisi eng ilmli, deb so‘raldi. U:
«Men», dedi.
Alloh uni ilmni o‘ziga nisbat bergani uchun itob qildi. U Musoga: «Ikki dengiz qo‘shilgan joyda Mening bir bandam bor. U sendan ilmliroq», dedi. Muso:
«Ey Robbim, men uni qanday topaman?» dedi. Alloh:
«O‘zing bilan bir baliqni savatga solib ol. Baliqni qaerda yo‘qotsang, uni o‘sha erda topasan», dedi».
Shundan keyin Muso alayhissalom yo‘lga tayyorgarlik ko‘rdilar va xizmatkor yigitlariga yuqoridagi oyatda kelgan azmu qarorni aytdilar. U kishi o‘zlaridan ilmliroq bandani topish uchun ikki dengiz jamlangan joyga borishga qaror qilgan edilar.
Ikkovlon ikki (dengiz) jamlangan joyga etganlarida, baliqlarni unutdilar. Bas, u dengizni teshib yo‘l oldi».
Muso alayhissalom xizmatkor yigit bilan yurib-yurib, ikki dengiz qo‘shiladigan joyga etib keldilar. O‘sha joyda savatda olib kelgan baliqlarini unutib qo‘ydilar. Baliq eslariga kelmadi. Yana yurib ketaverdilar. Ammo o‘sha joyda:
«Bas, u dengizni teshib yo‘l oldi».
Ya’ni, baliq dengizni teshib suzib ketdi. Baliq suzib ketgan joy teshik bo‘lib suvsiz holga kelib qoldi. Uni ko‘rgan odam, bu erdan bir baliq suzib o‘tibdi, degan xulosaga keladigan bo‘ldi.
«U(er)dan o‘tganlari zamon u yigitiga: «Tushligimizni keltir. Bu safarimizda charchoqqa uchradik», dedi».
Ya’ni, ikkovlari va’da qilingan, ikki dengiz jamlanadigan makondan o‘tgandan so‘ng Muso alayhissalom xizmatkor yigitga tushlik ovqatni keltirishni buyurdilar, safarda charchab, och qoldik, dedilar.
«U: «Buni qara, xarsangga (suyanib) joylashganimizda, men baliqni unutibman. Faqat shaytongina uni eslashimni unutdiribdi. Ajabo, u dengizga yo‘l olibdi», dedi».
Tushlik payti baliq yodlariga kelsa, uni tushirib qo‘yishgani ma’lum bo‘ladi. Bil’aks, uning dengizga yo‘l olishidan yigit ajablanmas ham edi. U faqatgina Muso alayhissalom tushlik so‘raganlaridan so‘ng baliqning yo‘qligini bildi. Avvalgi xarsang toshga suyanib dam olgan joylarida baliq suvga tushib, suzib ketganini payqab qoldi. Hamda bu ishdan g‘oyatda ajablanganini bayon qildi. Muso alayhissalom esa, yigitning ajablaganini ko‘rib:
«Ana shu biz istagan narsa», dedi. Bas, kelgan yo‘llaridan izlariga qaytdilar».
Muso alayhissalom yigitning baliqni unutib qo‘ygani, u esa, dengizga yo‘l olib ketganini aytishi bilan:
«Ana shu biz istagan narsa», deyishlari, shuni kutib yurgan edik-ku, degan ma’noni bildiradi. Chunki Muso alayhissalom baliq jonlanib, suvga tushib suzib ketgan joyda izlab yurgan narsalarini topar edilar. Shuning uchun baliqning yo‘qolib qolganini eshitganlarida xafa bo‘lmadilar, sevindilar. Hamda o‘sha baliq suvga tushib, suzib ketgan joyni topish uchun yigit bilan birgalikda izlariga qaytdilar. Qaytib borib, o‘sha belgili joyda:
«Bas, bandalarimizdan bir bandani topdilar. Biz unga O‘z dargohimizdan rahmat va O‘z tarafimizdan ilm o‘rgatgan edik».
U erda Muso alayhissalomdan ilmliroq, u kishi ilm o‘rganish uchun izlab yurgan solih bandani ko‘rdilar. Bu bandaga Alloh taolo O‘z dargohidan rahmat ato etgan hamda unga O‘z tarafidan ilm o‘rgatgan edi. Bu ilm Muso alayhissalom biladigan ilmdan boshqa ilm edi. Shu bois Muso alayhissalom o‘sha solih bandadan ilm o‘rganish uchun uni izlab yo‘lga chiqqan edilar. Uni ko‘rishlari bilan:
«Muso unga: «Senga o‘rgatilgan rushddan menga ham o‘rgatmog‘ing uchun senga ergashsam maylimi?» dedi».
Muso alayhissalom ulkan Payg‘ambar bo‘lishlariga qaramay, o‘zlaridan ko‘ra ilmliroq, o‘zlariga ustoz bo‘lishi mumkin bo‘lgan kishiga o‘ta odob bilan murojaat qilib, unga shogird tushishni so‘radilar.
«U: «Sen men bilan birga bo‘lishga sabr qila olmassan.
O‘zing xabarini ihota qilmagan narsaga qanday sabr qilasan», dedi».
Solih banda bu gapi bilan Muso alayhissalomga o‘zidagi ilm oddiy ilm emas, laduniy (ya’ni, sirtdan boshqa ko‘ringan narsalarning ichidagi, ortidagi sirlarini bilish ilmi) ekanini, bunday sirli ilmlarga Payg‘ambar bo‘lsa ham, sabr qilishi qiyinligini aytdi. Bo‘layotgan hodisani ihota eta olmagan odam unga sabr qilib, indamay qarab tura olishi qiyin ekanini eslatdi.
Muso alayhissalom uning bu gapiga javoban:
«U: «Insha Alloh, mening sabrli ekanimni ko‘rursan va senga hech bir ishda osiy bo‘lmasman», dedi».
Ya’ni, Muso alayhissalom shogird sifatida ustozning og‘ir shartlarini ham qabul qildilar va unga zinhor osiy bo‘lmaslikka va’da berdilar. Shunda:
«U: «Agar menga ergashadigan bo‘lsang, to o‘zim zikr qilib aytmagunimcha bir narsa haqida so‘ramagin», dedi».
Ya’ni, solih banda Muso alayhissalomni shogirdlikka qabul qildi. Ammo shart qo‘ydi. Sharti o‘zi bayon qilib bermaguncha, Muso alayhissalom undan biron narsa so‘ramasliklari edi. U kishi undan hech narsani so‘ramay ergashib yuraversa, shartni bajargan bo‘ladi. Agar so‘rasa, shart buziladi. Shunga kelishganlaridan keyin:
«Bas, yurib ketdilar. Kemaga minganlarida, uni teshib qo‘ydi. U (Muso): «Buni uning ahlini g‘arq qilish uchun teshdingmi?! Juda g‘alati narsa qilding-ku?!» dedi».
Solih banda bilan Muso alayhissalom borib kemaga mindilar. Suzib ketayotib, solih banda kemani teshib qo‘ydi.
«Bas, yurib ketdilar. Kemaga minganlarida, uni teshib qo‘ydi».
Sirtdan qaraganda, uning ishi ajablanarli edi. Kema ularning hojatini chiqarayotibdi, kemada boshqa odamlar ham bor, ammo solih banda kemani teshib qo‘ydi. Muso alayhissalom bu g‘alati ishga hayratlanib, unga: «Buni uning ahlini g‘arq qilish uchun teshdingmi?! Juda g‘alati narsa qilding-ku?!» dedi».
Albatta, odamlarni ortib borayotgan kemani birov teshsa, dastlab, demak uning maqsadi odamlarni g‘arq qilish ekan-da, degan o‘y keladi. Muso alayhissalomning xayollariga ham darhol shu fikr keldi. Uni darhol solih bandaga aytdilar.
Muso alayhissalomning mazkur savollariga javoban: «U: «Senga, albatta, men bilan birga bo‘lishga sabr qila olmassan demabmidim?!» dedi».
Solih banda darhol Muso alayhissalomga oradagi shartni buzganlarini eslatdi. O‘zi xabar bermaguncha savol so‘raganlarini yuzlariga soldi.
«U: «Esimdan chiqqan narsa uchun meni jazolama, bu ishim uchun meni qiynama», dedi».
Muso alayhissalom uzrlarini aytdilar. Eslaridan chiqib shartni buzganliklari uchun jazolab, shogirdlikdan quvmasligini so‘radilar. Bu ishlari uchun og‘irlikka duchor qilmasligini tiladilar. Solih banda birinchi bor u kishining uzrlarini qabul qildi.
«Bas, ular yurib ketdilar. To bir bolani uchratganida, uni o‘ldirdi. U (Muso): «Birovni o‘ldirmagan begunoh jonni o‘ldirasanmi?! Juda munkar narsa qilding-ku?!» dedi».
Ikkovlari yana birgalikda ketayotgan edilar, bir bola chiqib qoldi. Solih banda bolani o‘ldirdi. Begunoh yosh bolani o‘ldirish g‘alati ish edi. Shuning uchun Muso alayhissalom bu ishga chiday olmay, solih bandaga e’tiroz bildirdilar. Unga:
«Birovni o‘ldirmagan begunoh jonni o‘ldirasanmi?! Juda munkar narsa qilding-ku?!» dedi».
Bu ishi kemani teshgandan ham battar tuyuldi. Chunki ko‘rib, bilib turib bir ma’sum go‘dakni qasddan o‘ldirish hazilakam ish emas edi.
«U: «Senga, albatta, sen men bilan birga sabr qila olmaysan demabmidim?!» dedi».
Muso alayhissalom ikkinchi marta shartni buzdilar. Solih bandaga yana bir bor uzr aytdilar.
«U: «Agar bundan keyin sendan yana bir narsani so‘rasam, men bilan birodarlik qilmay qo‘yaver. Batahqiq, men tarafimdan uzr(qabuli)ni oxiriga etkazding», dedi».
Muso alayhissalom kamchiliklarini tan olib, o‘zlariga o‘zlari nihoiy hukmni chiqardilar. Avval bir marta kechirding, yana bir kechir, bundan keyin yana shartni buzsam, ayb o‘zimda bo‘ladi, sendan hech gina qiladigan joyim qolmaydi, dedilar. Solih banda bu safar ham uzrni qabul qildi.
«Bas, yurib ketdilar. To bir shahar aholisiga kelganlarida, uning ahlidan taom so‘radilar. Ular ikkovlarini ziyofat qilishdan bosh tortdilar. Ikkovlari u erda yiqilib ketay deb turgan bir devorni ko‘rishdi. Bas, uni turg‘izib qo‘ydi. U (Muso): «Agar xohlasang, buning uchun haq olar eding», dedi».
Yana tushunib bo‘lmas g‘aroyib ish sodir bo‘ldi. Ikkovlari yurib borib bir shaharga kirdilar. Qorinlari ochiqib, o‘sha shahar aholisidan taom so‘radilar. Shahar aholisi ularga taom berishdan bosh tortdi. Bunday baxil aholidan har qancha xafa bo‘lsa arzirdi. Ammo solih banda ranjimadi. O‘sha erda yiqilib ketay deb turgan devor bor ekan, uni qayta tiklab qo‘ydi.
Bu ishi Muso alayhissalomga qiziq tuyuldi. Devor egalari qizg‘anchilik qilib ularni mehmon qilishdan bosh tortsalar-u, ularning yiqilib ketay deb turgan devorini haq olmasdan tiklab qo‘ysa. Hech bo‘lmasa, ushbu devorlaringizni tiklaganim uchun haq berasizlar, desa, bo‘lmasmidi? Pul bersa, taom olib eyisharmidi?
Shu xayollarga borib, Muso alayhissalom ishning zohiridan hukm chiqardilar va solih bandaga:
«Agar xohlasang, buning uchun haq olar eding», dedi.
Bu esa, u kishining uchinchi marta shartni buzishlari edi.
Solih banda endi Muso alayhissalomga shartni buzganliklarini eslatib o‘tirmay, bir yo‘la nihoiy hukmni aytdi:
«U: «Bu men bilan sening oramizdagi ajrashishdir. Endi senga sabr qila olmagan narsaning ta’vilini aytib beraman», dedi».
Sen uchinchi marta shartni buzding. Endi uzrga joy qolmadi. Bu qilig‘ing ikkovimizning ajrashishimiz belgisidir. Endi sen tushuna olmay, sabr qila bilmay, shartni buzib so‘ragan narsalaringning, g‘aroyib tasarrufotlarning sirini aytib beraman.
«Kemaga kelsak, u dengizda ishlaydigan miskinlarniki edi. Bas, men uni aybli qilishni iroda qildim. Chunki ortlarida bir podshoh bo‘lib, barcha kemani tortib olayotgan edi».
Sen bizni va boshqalarni olib ketayotgan kemani teshib qo‘yganimdan ajablanib, menga e’tiroz bildirgan eding. Sirtdan qaraganda, o‘sha ishim nohaq edi. Ammo ishning mohiyatida boshqa gap bor edi. O‘sha kema kambag‘al odamlarniki edi. Ular shu kemaning orqasidan kun ko‘rardilar. Ammo ularning podshohlari barcha butun kemalarni tortib olishga hukm chiqargan bo‘lib, podshohlik ixtiyoriga o‘tkazayotgan edi. Men kemani aybli qilib qo‘ydim. Yuzaki qaraganda, kema egalari uchun zarar etkazdim. Kemalarini teshdim. Ammo aslini olganda, ularga foyda qildim. Podshoh odamlari aybli kemani tashlab ketadilar. Kambag‘allar butunlay kemasiz qolgandan ko‘ra, aybli bo‘lsa ham, uni ishlatib kun o‘tkaza beradilar. Sen bundan bexabar mendan norozi bo‘lding.
«Endi bolaga kelsak, ota-onasi mo‘min kishilar edi. Bas, biz uning ikkovlarini tug‘yon va kufr ila ezishidan qo‘rqdik».
Yo‘lda uchragan yosh bolani o‘ldirib qo‘yganimga ham chiday olmading. E’tiroz bildirding. Darhaqiqat, birovga yomonlik qilmagan, begunoh bir bolani bekordan-bekorga o‘ldirish har kimga g‘aroyib ish bo‘lib ko‘rinadi. Ammo buning ortida hech kim bilmaydigan hikmat bor. Bolaning ota-onasi mo‘min kishilar edilar. Ammo bola ulg‘aysa, kofir bo‘lib, tug‘yonga ketib, ota-onasini ezar edi. Holbuki, ota-onasi uning zulmiga loyiq kishilar emasdilar. O‘sha ota-onani kelajakdagi yomonlikdan asrash uchun bolalari voyaga etmasdan, kufr va tug‘yon sodir etmasdan, yoshligidayoq o‘ldirib qo‘yishni lozim topdik. Sirtdan qaraganda, yosh bolaning qatl etilishi ila ota-onaga katta musibat etdi. Ammo, aslini olganda, ular juda katta musibatdan qutuldilar. Chunki biz kelajakda ularning kufr va tug‘yon ila ezadigan bolalarini o‘ldirdik. Va:
«Bas, Robbilari ularga uning badaliga undan ko‘ra yaxshirog‘ini, ahli solihroq va mehribonrog‘ini berishni iroda qildi».
Kelajakda kofir bo‘lib, tug‘yonga ketib, ota-onasiga ulkan musibat etkazadigan bolani olib, uning o‘rniga ahli solih va mehribon farzand berish, albatta, yaxshilikdir.
«Devorga kelsak, u shahardagi ikki etim bolaniki bo‘lib, uning ostida ikkovlarining xazinasi bor edi. Ularning otalari solih odam edi. Bas, Robbing ikkovlarining voyaga etishini va xazinalarini chiqarib olishini iroda qildi. Bu Allohning rahmati ila bo‘ldi. Men o‘zimcha qilganim yo‘q. Mana shu sen sabr qila olmagan narsaning ta’vilidir».
Taom so‘rasak, qizg‘anchilik qilib bermagan shaharliklarning bazo‘r turgan ikki devorini tiklab qo‘yganim ham senga mantiqsizlik bo‘lib ko‘rindi. Hech bo‘lmasa, haq olsang bo‘lar edi, deb malomat qilding. Sen sirni tushunmay, sirtdan hukm chiqarib shunday deding. Aslida, bu ishda mantiq va hikmat bor edi. Nuragan o‘sha eski devor shahardagi ikki etim bolaga tegishli edi. Devorning ostiga esa, ikkovlariga meros xazina ko‘milgan edi. Devor yiqilsa, xazina ochilib, go‘dak bolalar undan mahrum bo‘lishlari mumkin edi. Ularning otalari ahli solih bo‘lib o‘tgan edi. Shuning uchun Alloh uning etim farzandlariga ham yaxshilikni ravo ko‘rdi. Ikkovlari voyaga etib, xazinalarini chiqarib olishlarini iroda qildi. Menga devorni tiklab qo‘yishni bildirdi. Men shunday qildim. Endi ikki etim bolaning xazinalari ular voyaga etgunlaricha ochilmay turadi. Bu ishlar hammasi Allohning rahmati ila bo‘ldi. Men o‘zimcha qilganim yo‘q. Sen bo‘lsa, ortida hikmati bor shu ishlarni ko‘rib, chidab tura olmay, shartni buzding, turli gaplar aytding.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan hadisda: «Birodarim Musoga Allohning rahmati bo‘lsin, sabr qilganida, Alloh bizga ularning qissalarini aytib berar edi. U (Muso) o‘z sherigi bilan turganida, ajoyibotlarni ko‘rar edi», deganlar.
Shu joyda Muso alayhissalom bilan solih banda qissasi tamom bo‘ladi.
Ushbu qissa Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflarida ham o‘ziga xos uslubda kelgan. Aynan hadisi sharifdan Muso alayhissaloga ustozlik qilgan zot Xizr alayhissalom ekanliklarini bilib olamiz. Biz avval Qur’oni Karimdagi qissani o‘rganib olish maqsadida hadisi sharifdagi ma’lumotlarni aralashtirmay turgan edik. Faqat o‘rni kelganda ikkita iqtibos keltirdik, xolos. Mazkur qissa eng mo‘’tabar hadis kitoblarimizda turli rivoyatlarla kelgan.
Biz muhaddislarning imomi, mo‘minlarning hadis ilmidagi amiri, Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy rahmatullohi alayhi o‘zlarining Sahih kitolarida keltirgan rivoyatlardan birini keltiramiz. U kishi «Kitobut Tafsir»da,
Alloh taoloning: «Bir kuni Muso o‘z yigitiga: «To ikki dengiz qo‘shiladigan erga etmagunimcha yoki uzoq muddat kezmaginimcha yurishdan to‘xtamayman», deganini esla»–degan qovli haqidagi Bob, sarlavhali bobda quyidagilarni rivoyat qiladilar: Sa’id ibn Jubayrdan rivoyat qilinadi: «Men ibn Abbosdan: «Navfal al-Bakoliy: «Hizr alayhissalomga hamsuhbat bo‘lgan Muso Baniy Isroilga Payg‘ambar bo‘lgan Muso emas»–demoqda, shu to‘g‘rimi?»–deb so‘radim. Ibn Abbos (g‘azablanib): «Allohning dushmani yolg‘on gapiribdi, menga Ubay ibn Ka’b Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi rivoyatlarini aytib bergan edi»,–dedi.
«Muso alayhissalom Baniy Isroilga xutba qilib turgan ekanlar, shunda u kishidan: «Odamlarning orasida eng bilimdoni kim?»– deb so‘rashdi. Muso alayhissalom: «Men»–deb javob berdilar. Alloh taolo Muso alayhissalomga tanbeh berdi, chunki u kishi «Olloh bilimdonroq», demadilar. Keyin, Alloh taolo:
«Ikki dengiz qo‘shilgan joyda Mening bir bandam yashaydi, u sendan bilimdonroq», deb vahiy qildi.
Muso alayhissalom: «Ey Robbim, men ul zotni qanday toparman?»–dedilar. Olloh taolo: «Bir baliqni savatga solib, ko‘tarib olasan, qaerda o‘sha baliqni yo‘qotsang, shu joyda Xizrni ko‘rasan», dedi.
Muso alayhissalom bir baliqni savatga solib, yulga tushdilar, xizmatkorlari Yusha’ ham birga erdi. Yura-yura bir tepalik yoniga kelib, boshlarini erga qo‘ydilar-da, uyquga ketdilar. Savatdagi baliq esa tirilib, harakatga keldi-da, dengizga tushib, suzib ketdi. Alloh taolo baliq suzib o‘tgan yo‘nalishdagi suvni oqishdan to‘xtatib, binoning yo‘lagiga o‘xshatib qotirib kuydi. Xizmatkor yigit Muso alayhissalom uyg‘onganlarida baliqning yo‘qolganini aytishni unutdi. Ular yana bir kecha-kunduz yo‘l yurishdi. Ertasi kuni Muso alayhissalom hamrohlariga: «Eguligimizni keltir, safarimizda biroz mashaqqat tortdik»,–dedilar.
Darhaqiqat, Muso alayhissalom Alloh taolo bormoqni buyurgan o‘sha baliq yo‘qolgan joygacha hech mashaqqat chekmagan erdilar, ammo keyingi bir kechayu-kunduzda qattiq qiynaldilar. Muso alayhissalomning hamrohlari:
«Esingizdami, bir tepalik oldida uxlagan erdik. O‘sha erda men baliqni yo‘qotgan erdim, lekin sizga aytishni unutibman. Albatta, buni menga shayton unutdirgan», dedi.
Baliq esa sirli suvratda dengizga tushib g‘oyib bo‘lgan edi. Muso alayhissalom va ul kishining xizmatkorlari uning qanday qilib g‘oib bo‘lganini bilolmay taajjubda qolishdi. Keyin, Muso alayhissalom: «Mana shu biz istagan narsadur»,– dedilar-da, Xizr alayhissalomni izlab xizmatkorlari bilan orqalariga qaytdilar. Ular yura-yura nihoyat ikki dengiz birlashgan joydagi tepalik yoniga kelishdi. Shu erda kiyimiga uralib olgan bir kishini uchratishdi. Muso alayhissalom salom berdilar. Xizr alayhissalom ul kishiga javoban: «Sizning eringizda qaerdan ham tinchlik (salom) bulsin?!»–dedilar.
«Men Musoman», dedilar, Muso alayhissalom.
«Baniy Isroilning Musosimisan?» dedilar Xizr alayhissalom.
«Ha, o‘zingiz bilgan ilmdan menga ham o‘rgatsangiz, deb keldim», dedilar Muso alayhissalom. Xizr alayhissalom:
«Sen men bilan sabr qilib yura olmaysan. Ey Muso, menda Alloh taolo bildirgan shunday ilm borki, uni sen bilolmasan va senda Alloh taolo bildirgan shunday ilm borki, uni men bilolmayman», dedilar. Muso alayhissalom: «Xudo xohlasa, mening sabrli erkanligimni ko‘rasiz, sizga osiylik qilmayman», dedilar. Xizr alayhissalom: «Undoq bo‘lsa, men bilan yurgin-da, to o‘zim aytmagunimcha biror narsaning sababini so‘rama», dedilar.
So‘ng, ikkovlari dengiz sohili bo‘ylab yurib ketishdi. Ittifoqo bir kema sohilga kelib to‘xtadi. Ular kemachi bilan gaplashib, o‘zlarini birga olib ketishga uni ko‘ndirishdi. Ammo, kemadagilar Xizr alayhissalomni tanib qolib, bepul olib ketishga rozi bo‘lishdi. Kema yo‘lga chiqqach, ko‘p o‘tmay Xizr alayhissalom bolta bilan kemaning bir yog‘ochini ko‘chirib oldilar. Muso alayhissalom ul kishiga: «Bu qavm-ku, bizni bepul kemalariga chiqarib oldilar, siz bo‘lsangiz kemalarini cho‘ktirish uchun uni teshib qo‘ydingiz, taajjub ish qildingiz», dedilar. Shunda Xizr alayhissalom: «Men senga men bilan birga sabr qilib yura olmaysan, deb aytuvdim-ku!» dedilar. Muso alayhissalom darhol uzr aytib: «Unutgan narsam uchun menga tanbeh, berib, ko‘zlagan ishimni qiyinlashtirmang», dedilar. (Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Muso alayhissalomdan sodir bo‘lgan dastlabki xato esdan chiqarish sababli edi», dedilar). Keyin, bir chumchuq kelib kema chetiga qo‘ndi-da, tumshug‘i bilan dengizdan bir tomchi suv oldi. Shunda Xizr alayhissalom Muso alayhissalomga: «Allohning ilmi oldida men bilan senning ilming mana shu chumchuq dengizdan olgan bir qatrachalikdur, xolos!» dedilar. Keyin, ikkovlari kemadan tushib sohil bo‘ylab ketayotgan edilar, nogahon Xizr alayhissalomning ko‘zlari o‘rtoqlari bilan o‘ynab yurgan bir bolaga tushib, borib uni o‘ldirdilar. Muso alayhissalom Xizr alayhissalomga: «Begunoh bir pokiza bolani o‘ldirdingiz, qanday yomon ish qildingiz!» dedilar. Xizr alayhissalom: «Men senga men bilan yurishga hech toqat qilolmaysan, deb aytmaganmidim!» dedilar.
Bu tanbeh avvalgisidan qattiqroq va tahdidliroq erdi. Muso alayhissalom: «Agar yana biror narsa haqida sizdan so‘rasam, mayli meni o‘zingiz bilan olib yurmang, unda ayb o‘zimda bo‘ladi» deb iltimos qildilar.
Ikkovlari yo‘lda davom etib bir qishloqqa kirishdi, qishloq ahlidan taom so‘rashgan edi, ular mehmon qilishdan bosh tortishdi. Xizr alayhissalom o‘sha erda yiqilay deb turgan bir devorni ko‘rib, qayta tiklab qo‘ydilar. Buni ko‘rib Muso alayhissalom: «Bu qavmning huzuriga kelib taom so‘radik, berishmadi, mehmon ham qilishmadi, agar xohlasangiz, mana shu ishingizga haq olishingiz mumkin edi», deb kuyundilar. Xizr alayhissalom: «Mana bu endi sen bilan mening firog‘imiz sababdur! Lekin men, senga o‘zim aytib bergunimgacha sen sabr qilolmagan ishlarning ma’nosini aytib berayin: boyagi kema xususiga kelsak, u bechorahol kishilarniki bo‘lib, ular boradirgan joyda yaroqli kemalarni tortib oladigan zolim podshoh bor edi. Haligi bolaning ota-onasi esa mo‘min kishilar bo‘lib, kufr va osiylik birlan ularga ko‘p ozor berar erdi. Shu sababdan Alloh taolo uning o‘rniga pokiza va mehribon farzand ato qilishni iroda qildi. Mana bu devor masalasiga kelsak, uning ostida xazina bor, u ikki etim bolaga tegishli. Ularning marhum otalari solih kishi bo‘lgan bo‘lib, undan qolgan ushbu xazinani Alloh taolo ular voyaga etgach, yuzaga chiqarmoqni iroda qildi. Men bu ishlarni o‘zim uchun qilganim yo‘q. Mana shular sen sabr qilishga toqating etmagan narsalarning ta’vilidur», dedilar. Rasululloh alayhissalom: «Qani endi, Muso alayhissalom sabr qilgan bo‘lsalar, Alloh taolo bizga ikkovlari haqidagi qissalarni bayon qilib berar edi», dedilar».
Ulamolarimiz bu qissadan ko‘plab hikmatlar, ibratlar chiqarganlar. Ularning barchasini eslab, yozish ko‘p vaqt va ko‘p joyni talab qiladi. Shuning uchun birivoyat qilinadikkitasini aytib o‘tsak, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Birinchisi, dunyodagi har qanday inson ilmining cheklanganidir. Muso alayhissalom Ulul azm Payg‘ambarlardan bo‘lishlariga qaramay, Kalimulloh–Alloh bilan bevosita kalomlashgan-so‘zlashgan zot bo‘lishlariga qaramay, o‘z zamonlaridagi bandalardan biri bilganlarini bilmadilar. Unga shogird tushdilar.
Ikkinchisi, bu dunyoda sodir bo‘ladigan ishlarning asl mohiyatini faqat Alloh taoloning O‘zigina biladi.
Uchinchisi, mo‘min banda o‘ziga etgan, sirtdan ba’zan musibat bo‘lib ko‘rinayotgan ishlardan sabrsiz bo‘lmasligi lozim. Keyin o‘sha ish uning o‘zi uchun foydali bo‘lib chiqishi ehtimoli borligini unutmasligi kerak.
To‘rtinchisi, hayoti dunyodagi ba’zi bir hodisalar ham kishini fitnaga uchratib yo‘ldan ozdirishi mumkinligiga ishora qilmoqda. Va hokazo... (“Tafsiri hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
2 Avgust 2022, 20:32 | Savol-javoblar | 184 | Administrator