Uch taloqni bir taloq deyish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, sayt xakida deyilgan joyda bir olimdan so‘rab boshqa olimdan o‘sha savolni so‘rash noo‘rin ekanligini avvalroq bilib olgan edim, lekin manna bunga etbor bering, bir tanishim xotiniga ming taloq, qum talok deb javobini bergan va o‘qimagan omi emas naqd masjid imomidan buni masalasini so‘ragan. Domlani javobi “ming taloqmi qum taloqmi baribir bir taloq tushadi” degan. Izlash xizmatidan quyidagini topdim; “yuz taloq qo‘ysa oraga uch taloq tushib, qolgan 97tasiga qiyomatda javob beradi”. Buni tanishimga ko‘rsatsam imom domlani aytganlari to‘g‘ri deyabdi. Domlaga ko‘rsatishga xijolat qiliyabman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning qalamlariga mansub "Kifoya" kitobida quyidagicha kelgan:
Agar taloqni shiddat, uzunlik yoki kenglik bilan vasf qilsa yoxud uni shularga dalolat qiluvchi narsalarga o‘xshatsa, uchni niyat qilgan bo‘lsa, o‘sha, bo‘lmasa, bir boin taloq tushadi.
Agar er xotiniga: «Seni shiddatli», «qattiq», «eng katta», «eng uzun», «eng keng taloq qo‘ydim» desa, yoki «tog‘dek», «mingdek taloq qo‘ydim» kabi lafzlarni aytsa, uning niyati so‘raladi. Agar «Uch taloqni niyat qilgan edim», desa, uch taloq tushadi. Ikki taloq yoki bir taloqni niyat qilgan bo‘lsa, bir taloq tushadi. Bu holatda ikki taloq tushishi mumkin emas. Agar «yuz»,«ming», «qum taloq qo‘ydim» desa, uch taloq tushib, uchtadan ortig‘iga gunohkor bo‘ladi.
Buni yuqoridagidan farqi taloqni o‘xshatish bor, keyingisida esa adadi iroda qilinmoqda. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:06 | Savol-javoblar | 207 | Oila va turmush