Tarmoqli marketingdan topilgan mablag‘ga umraga borish

Assalomu alaykum! Savolim noo‘rin bo‘lgan bo‘lsa uzr. Tarmoqli marketing orqali topilgan mablag‘ga umra kabi ibodatlarni ado etsa qabul bo‘ladimi? Mahsulotlarimiz chindanam insonlarga foyda beradi deb bu ish bilan shug‘ullanishni to‘xtatmayatgan insonni qanday qilib bu yo‘ldan qaytarish mumkin. Tarmoqqa qo‘shilmagan holda ushbu mahsulotlarni boshqalarga tavsiya qilayotgan inson gunohga sherik bo‘ladimi? Oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Foydali bo‘lsa u mahsulotdan sotib olish joiz. o‘zi boshqaga sotishi ham joiz, lekin hech qanday ish qilmasdan bir bor dalolat qilib qo‘ygani uchun hissaga o‘tirib olish shar’an harom hisoblanadi. undan tushgani ham, unday mablag‘dan qilingan haj va umralar zimmadan ado bo‘lgani bilan savobi bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:06 | Savol-javoblar | 143 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar