Otam namozingni o‘qimay tur dedilar

Assalomu alaykum! Xozirda otam bilan musofirchilikdamiz. Mann besh vaqt namoz o‘qiyman otam o‘qimaydilar. Namozimga qarshi emaslar, lekin bugun 5-6 kun namozingi o‘qimay tur, keyin o‘qiysan faqat bomdodni o‘qib tur sharoit shunaqa dedilar. Men bu gunoxligini tushuntirdim lekin gunoxi meni bo‘yniga, o‘qimay tur deyabdilar. Nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Namozlaringizni vaqtida ado qiling. Hozir shunday deyaveradi, qiyomat kuni esa bundan tonadi. Alloh taolo “Fatir” surasida marhamat qiladi:  وَلَا تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَى وَإِن تَدْعُ مُثْقَلَةٌ إِلَى حِمْلِهَا لَا يُحْمَلْ مِنْهُ شَيْءٌ وَلَوْ كَانَ ذَا قُرْبَى إِنَّمَا تُنذِرُ الَّذِينَ يَخْشَوْنَ رَبَّهُم بِالغَيْبِ وَأَقَامُوا الصَّلَاةَ وَمَن تَزَكَّى فَإِنَّمَا يَتَزَكَّى لِنَفْسِهِ وَإِلَى اللَّهِ الْمَصِيرُ۝ 18. Hech bir yukli jon o‘zganing yukini ko‘tarmas. Yuki og‘ir jon o‘z yukiga (boshqani) chaqirsa-da, undan hech bir narsa ko‘tarilmas. Garchi qarindosh bo‘lsa ham. Sen faqat Robblaridan g‘oyibona qo‘rqadigan va namozni to‘kis ado etganlarni ogohlantirursan. Kim poklansa, o‘zi uchun poklanur. Qaytish Allohgadir.
“Hashr” 
surasida ham:  كَمَثَلِ الشَّيْطَانِ إِذْ قَالَ لِلْإِنسَانِ اكْفُرْ فَلَمَّا كَفَرَ قَالَ إِنِّي بَرِيءٌ مِّنكَ إِنِّي أَخَافُ اللَّهَ رَبَّ الْعَالَمِينَ۝ 16. Bu xuddi shayton insonga «Kofir bo‘l», degan paytga o‘xshaydir. U kufr keltirganda esa: «Men senga aloqador emasman, men olamlar Robbi – Allohdan qo‘rqaman», – dedi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:10 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar