Uyimdagilarni ko‘rayotgan seriali
Assalomu alaykum! Ustozlar, uyimdagilar bir serial tomosha qilishadi u serialda faxsh ishlar bor. Bu serialni ko‘rayotgan aksariyat ayollar va qizlar men shu serialni ko‘rsatmaslik uchun xar qancha yaxshi gapirdim onam opa singillarimga ular baribir serialni ko‘rmoqda. Endi men onamni norizo qilib serialni ko‘rgizmasam gunox bo‘lmaydmi? Bilamzki onani rozi qilmaslik yaxshi ish emas.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Abdulloh ibn Robe’ Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “O‘g‘illaringizga suzishni va kamon otishni o‘rgatinglar. Mo‘mina ayolning uyidagi eng yaxshi mashg‘uloti almig‘zal(ip yigirsh) deganlar”.
Ziyod ibn Sakan roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi Ibn Asokir rivoyat qilib aytadi: Bir kun Ummu Salama roziyallohu anhoning huzurlariga bordim. Huzurida ip yigiradigan charh bo‘lib, unda ip yigirayotgan ekan. Shunda men “Qachon men huzuringizga kelsa ip yigirayotgan bo‘lasiz” dedim. Ummu Salama roziyallohu anho “Charh shaytonni daf qiladi, qolaversa men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Siz ayollarning eng ajri ko‘pi charhining ipi uzunidir. Ya’ni ko‘p ip yigiruvchilaringizdir” deganlar” dedi va o‘zlari ham shunga amal qilganlar. Vaholanki butun dunyo ayollarini tarozini bir pallasiga, payg‘ambarimizning ayollarini bir pallasiga qo‘yilsa hamma jihatdan onalarimiz vaznlari og‘ir keladi. Chunki ularni tiriklaridayoq jannatiy ekanliklari bashorat qilingan. Ushbu hadisdan ulamolar payg‘ambar alayhissalomning ayollari ham kasb qilib, sadaqot va ehson qilishga mashg‘ul bo‘lganlarini aytishgan. Shu bilan ular shaytondan yiroq bo‘lganlar, kasb qilib pul topib to‘xtovsiz sadaqot-ehson qilganlar. Musulmonlar tugul boshqa din vakillari ham hamma vaqt ayollarini biror bir ishga mashg‘ul qilganlar. Hatto podshohlarning ayollari ham garchi muhtoj bo‘lishmasada biror kasb bilan mashg‘ul bo‘lishgan. Ulug‘larimiz “Nafsingni biror yaxshi ishga mashg‘ul qilib qo‘y, aks holda u seni o‘ziga mashg‘ul qildirib qo‘yadi” deganlar. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Ayollaringizga ip yigirish va Nur surasini ta’limini berib qo‘yinglar” deganlar. Hozirgi kunda ip yigirish yo‘q bo‘lsada ularning o‘zlariga munosib bo‘lgan pul keltiradigan va ularni mashg‘ul qiladigan biror ish bilan ta’minlab qo‘yish kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:13 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar