Shubhali ish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men Rossiyada ishlash maqsadida yuribman do‘stlarim bir "tsexda" ishlashadi. U erda asosan go‘shtni kesib marinovat qilishadi, go‘shtlar asosan tovuq, sigir, qo‘y va cho‘chqa go‘shti ham ba’zida bo‘ladi. Ular qo‘llarida rezina qo‘lqob bilan ishlashadi, meni ham ishga taklif qilishdi. Aytishlaricha yaxshi maosh to‘lanar ekan. Men o‘sha tsexda ishlasam bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Boshqa ish toping. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:17 | Savol-javoblar | 159 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar