Dam solish uchun haq miqdori

Assalomu alaykum! Hadisni o‘qib dam solish uchun haq olish shariatda borligini bildik, lekin uning miqdorichi? Miqdorini qat’iy talab qilish to‘g‘rimi? Yaqinda bir insondan eshitdimki, bir qori aka mushulingizga qarab dam solish haqqini oshirib boraverarkan. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Dam solish ham davolashga kiradi. Tabib davolash narxini belgilashda ixtiyoriy bo‘lganidek, dam soluvchi ham ixtiyorlidir. Talab qilishga ham haqqi bor. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 09:35 | Savol-javoblar | 190 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar