Oilaviy kelishmovchilik

Assalomu alaykum! Menga bir opam quyidagicha savol berdi men buni bilmadim va shu savolni sizlarga yuborishimni iltimos qildi. "Agar eringdan 500.000 so‘m so‘rading, ber deb misol uchun ering aytopti masalan nimadir ishimni xozir qilsang yoki shu gapimni qilsang beraman tezda desa san xay dep qilopsan, ering rozi ishingdan. Keyin ishi bitgandan keyin yo‘q endi bermayman desa, yana 150ming kam beraman desa lavfsizlik qilib san uni qo‘lidagi o‘sha 500ming tortip olip ketopsan, u pul meni haqqimku lavz qildizku deb. Orqangdan rozilik bilan olish kerak javobi bor deb sanga gapirsa nima qilish kerak? Rostanam man o‘g‘irlik qilganga kiramanmi?"
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Erning molidan so‘roqsiz, ruxsatsiz olsa o‘g‘irlik bo‘ladi.
Er va xotin o‘rtasidagi munosabat oldi-sotdi muomalasi emas, “sen buni bajarsang buni olasan” deyish er-xotinga loyiq ish emas. Bu faqatgina zimmada burch bo‘lmagan solih amallarga qiziqtirish uchun bo‘lsa yarashadi.
Erning o‘z ayoli oldidagi vazifalari, ayolning ham o‘z eri oldidagi burchlari bor. Qolaversa oralarida Alloh uchun bo‘lgan muhabbat, mehr-shafqat, rahmdillik bor. Shariat ayol kishi o‘z eriga ma’siyat bo‘lmagan ishlarda itoat qilishi, roziligini olishi, ko‘ngliga qarab ish qilishini vojib qilgan.عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: سَأَلْتُ النَّبِيَّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: أَيُّ النَّاسِ أَعْظَمُ حَقًّا عَلَى الْمَرْأَةِ؟ قَالَ: زَوْجُهَا. رَوَاهُ النَّسَائِيُّOisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan:
«Odamlarning ayol kishida haqqi eng ulug‘i qaysi?» – deb so‘radim.
 «Erining», – dedilar».
Vallohu a’lam!

13 May 2022, 16:19 | Savol-javoblar | 157 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar