Jannat va do‘zaxni hajv qiluvchi san’atkorlar

Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar, jannat va do‘zax xaqida ba’zi san’atkorlar xajviy dasturlar bilan chiqishlar qilishadi. Shunday xolatlarda jaxlim chiqib ketadi, shariatimiz bunga qanday qaraydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Dinimizning shiorlaning ustidan kulish kufr hisoblanadi. Bunday kishilarni dinimiz hukmi bo‘yicha iymoni xatarda bo‘ladi. Ayoli bilan o‘rtadagi nikoh borasida ham shubha hosil bo‘ladi. Xususan Alloh taolo, farishta “Bunday debdi, unday debdi” deb xajv qiladigan bo‘lsa, Alloh va farishtalar aytmaganini aytdi desa oqibatlari o‘ta xunuk bo‘ladi. Oladiganlari azobdan qutqarishga etmaydi. عَنْ عَبْد ِاللهِ بْنِ عَمْرٍو رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: بَلِّغُوا عَنِّي وَلَوْ آيَةً، وَحَدِّثُوا عَنْ بَنِي إِسْرَائِيلَ وَلَا حَرَجَ، وَمَنْ كَذَبَ عَلَيَّ مُتَعَمِّدًا فَلْيَتَبَوَّأْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَالتِّرْمِذِيُّ  Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Mendan bir oyat bo‘lsa ham etkazinglar. Bani Isroil haqida gapiringlar, tanglik yo‘q. Kim menga qasddan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxdagi o‘rindig‘iga joylashaversin», dedilar».
Buxoriy va Termiziy rivoyat rivoyat qilganlar.
Mazax qilib to‘qish esa qasddan to‘qigandan ham og‘irroq bo‘ladi. Alloh taolo “Tavba” surasida marhamat qiladi:  وَلَئِن سَأَلْتَهُمْ لَيَقُولُنَّ إِنَّمَا كُنَّا نَخُوضُ وَنَلْعَبُ قُلْ أَبِاللّهِ وَآيَاتِهِ وَرَسُولِهِ كُنتُمْ تَسْتَهْزِؤُونَ۝ 65. Agar ulardan so‘rasang, albatta: «Faqat gapga berilib, o‘yin-kulgi qilayotgan edik, xolos», – deyishadi. Sen: «Allohni, Uning oyatlarini va Rasulini istehzo qilayotgan edingizmi?» – deb ayt.  لاَ تَعْتَذِرُواْ قَدْ كَفَرْتُم بَعْدَ إِيمَانِكُمْ إِن نَّعْفُ عَن طَآئِفَةٍ مِّنكُمْ نُعَذِّبْ طَآئِفَةً بِأَنَّهُمْ كَانُواْ مُجْرِمِينَ۝ 66. Uzr aytmanglar. Batahqiq, iymoningizdan keyin kufr keltirdingiz. Agar sizdan bir toifani afv etsak, boshqa toifani jinoyatchi bo‘lganlari uchun azoblaymiz. عن بَهزِ بن حكِيم عن أبيه عن جدِّه قال: سمعت النَّبيَّ ـ صلَّى الله عليه وسلَّم ـ يقول: «وَيْلٌ لِلَّذِي يُحَدِّثُ بِالحَدِيثِ لِيُضْحِكَ بِهِ القَوْمَ فَيَكْذِب، وَيْلٌ لَهُ، وَيْلٌ لَهُ رواه التِّرمذي  Bahz ibn Hakim otasidan, u bobosidan rivoyat qiladi:
“Men Nabiy sollallohu alayhi vasallamning “Odamlarni kuldirish uchun yolg‘on gapiradigan kishiga vayl bo‘lsin, vayl bo‘lsin, vayl bo‘lsin” deyayotganlarini eshitdim”. Termiziy rivoyati.
«Vayl» jahannamdagi bir vodiyning nomi yoki «holiga voy», «halok bo‘lsin» degan ma’nodagi so‘z. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:30 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar