Qarzni haromdan to‘lash

Assalomu alaykum! Ustozlar, bir tanishimga 1yil oldin qarz bergan edim. Pulni ber desam, “biroz kutib turing, hozir pulim yo‘q. Cho‘chqa boqyapman, shuni sotib beraman” dedi. Shu pulni olsam joizmi? Javob uchun rahmat. Alloh  rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Boshqasidan qarz olib yoki biror narsasini sotib bo‘lsa ham halol puldan bersin. Sotgan cho‘chqasinin puli sizga halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:03 | Savol-javoblar | 179 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar