Kirakashlikda shubhali manzil

Assalomu alaykum! Kirakashlik qilib yurgan edim, 3 odam bir manzilni aytib pulini kelishib minishdi. Manzilga deyarli etib kelganda ularning folbinga kelayotganligini bilib qoldim. Ularni qaytarib olib ketishga ham ahdlashgan edim. Men kelishgan pulimni olib vadamni bajardim. O‘sha vaziyatda nima qilishim kerak edi. O‘sha pullar men uchun xarommi? Bu pullarni ishlatmay qo‘yipman, endi shu pulni nima qilay? Javobingizni kutaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sadaqa qilib yuboring. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:45 | Savol-javoblar | 155 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar