Sadaqa berish kerakmi?
Assalomu alaykum Hurmatli ustozlar, biz turmush o‘rtog‘im bilan oxirgi 4 oy ichida 3 marta mashinada avariyaga uchradik. Bir safar farzandlarimiz xam mashinada birga edi, ozgina jaroxat xam oldik. Xar safar bizga kelib urilgan mashina aybi bilan avriya bo‘ldi. Ba’zi odamlar qon chiqarib xudoyi qilib yuboringlar deb turmush o‘rtog‘imga maslaxat berishibti. Onam sadaqa berib yuboringlar dedilar. Bunday xolda qanday yo‘l tutish shariatda to‘g‘ri bo‘ladi? Alloh sizdan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sadaqa qilsangiz to‘g‘ri bo‘ladi. Qon chiqarish joiz emas. Mashina xaydashga ham mohir bo‘lish kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:47 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar