Ayol g‘usldan oldin sochini o‘rsa
Assalomu alaykum! Ayolimning sochi unchalik uzun emas va o‘rilmagan holatda turadi. Lekin birga bo‘lishdan oldin, odatda, g‘usl qilishda sochini to‘liq yuvmaslik maqsadida sochini o‘rib oladi. So‘ngra g‘usl qilishda sochini yuvmasdan, ostiga suv etkazadi. Bu ish noto‘g‘ri emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘rib olgan yuvmaydi degan masala afrikalik ayollarni soch turmagi kabi bo‘lishi kerak. Odatda ular o‘ta mayda qilib sochning ostigacha o‘rib olishadi. Ummu Salama onamiz eri bilan Xabashistondaliklarida xabash ayollarining soch o‘rishlaridan o‘rganib sochlarini shunday o‘radigan bo‘lganlar. Eri vafot topib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga turmushga chiqqanlaridan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u kishining soch o‘rimlarini ko‘rib “Siz sochingiz ostiga suv etkazsangiz kifoya qiladi” deganlar. Chunki u sochni o‘rish uchun ham yozish uchun ham uzoq vaqt ketadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:45 | Savol-javoblar | 143 | Tahorat