Kechiktirib o‘qilgan namoz

Assalomu alaykum! Men uy bekasiman yani deyarliy doyim uydaman lekin uy ishlari bolalarimga qarash ularni tushlikda uxlatish bilan bo‘lib peshin, asr namozlarimni voxtida o‘qiy olmayman, xechdan ko‘ra kech deb asr voqtiga 1soatcha qolganda peshin namozimni, shom vaqtiga yarim soat qolganda asr namozimni o‘qib olaman. Kechikib o‘qishga odatlanib qolyapman. Kechiktirib o‘qilgan namoz ijobat bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz namozni vaqtida o‘qir ekansiz. Peshinning vaqti asrgacha, asrniki esa shomgachadir. Lekin oxirgi vaqtigacha kechiktirishingiz yaxshi emas. Ayollar o‘zlari va farzandlarini namoz vaqti kirishi bilanoq o‘qishga odatlanishi va odatlantirishi kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:45 | Savol-javoblar | 181 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar