Shavvol ro‘zasini tutish
Assalomu alaykum! Savolim shundan iboratki, bu yil Ramazon oyi 29 kun bo‘lganligi sababli 29 kun tutdik, shavvol oyida 6 kun tutilsa bir yil bo‘ladi deyishadi, ammo 29 + 6 =35 350 kun bo‘lib qolvottiku? 7 kun tutish kerakmi yoki 6 kun tutsayam bir yil bo‘laveradimi? Javobingiz uchun rahmat, Alloh ishingizga rivoj bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shariatimizda bir oy ro‘za tutish farz qilingan. O‘sha bir oy gohida 29 gohida 30 kun bo‘ladi. Ortidan 6 kun ro‘zani ketma-ket tutish shart emas. O‘sha oy ichida tutilsa bo‘ldi. Hatto fuqaholar haytdan keyinoq ketma-ket tutishni makruh ham deganlar. chunki bir vaqtlar shu ro‘zaga qattiq berilganidan odamlar 36 kun ro‘za tutiladi degan fikrgacha borishgan. Mustahab amalni vojib darajasiga ko‘tarishgan. Bunday qilish joiz emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:48 | Savol-javoblar | 127 | Ibodatlar