Menda kibr bormi?
Assalomu alaykum! Men birodarimga ozor bermagan, dilini og‘ritmagan holda suxbat quraman lekin ko‘pchilik meni kibrli kimsaga tenglashtiradi. Lekin Insha Alloh en kibrli inson emasman. Oddiy Allohning quliman. Faqat menga haqiqat kerak, qolgan narsalarni eshitishga toqatim yo‘q. Balki shuning uchun ko‘p safsata gapiruvchilar meni kibrli deb hisoblar. Lekin mening ruhiy tarbiyam shunday. Iltimos menga shu masalada maslahat bersangizlar. Javob uchun oldindan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu kibr o‘ta maxfiy kasallikdir. Uni mohir ruhiy tarbiya ustozidan aniqlab olish kerak. Chunki kibr atom zarrasiga o‘xshaydi. Qaysi qalbda u bo‘lsa butun solih amallarni yakson qilib yuboradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Qalbida zarracha kibri bor odam jannatga kirmaydi” deganlar. Shuningdek inson o‘z nafsini xorlashligi ham joiz emas. Shu ikkisining o‘rtasini topish kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:50 | Savol-javoblar | 163 | Ruhiy tarbiya