Masjidul Aqso va Qubbatussoxro

Assalomu alaykum! Alloh qilayotgan xayrli amallaringizni ajrini ko‘paytirib bersin. Yaqinda berilgan savolga (https://savollar.islom.uz/s/61613 ) berilgan javobdan o‘zim uchun etarli ma’lumot ololmadim. Izlash xizmatidan va qidiruv saytlaridan foydalandim. Natijasi bo‘lmadi. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam Isro va Me’roj kechasida namoz o‘qigan Masjidul Aqso qaerda? Yuqoridagi savoldan biz sariq gumbazli masjid Masjidul Aqso emas Qubbatussoxro ekanligi bildik. Unda Masjidul Aqsoning aynan o‘zi qaerda va qay ko‘rinishda? Qaysi qidiruv saytidan qay ko‘rinishda qidirmaylik baribir o‘sha yahudiylar tanishtirgan Qubbatussoxro haqida rasm va ma’lumotlar Masjidul Aqso nomi ostida chiqib kelmoqda. Masjidul Aqso va uning qaerdaligi hamda ko‘rinishi haqida aniq ma’lumot yoki manba berishingizni iltimos qilib qolardik. Alloh siz-u bizdan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shu linkda strelka bilan ko‘rsatilgani. Vallohu a’lam!https://www.google.com/search?q=%D0%BC%D0%B0%D1%81%D0%B4%D0%B6%D0%B8%D0%B4+%D0%B0%D0%BB%D1%8C+%D0%B0%D0%BA%D1%81%D0%B0&rlz=1C1GGRV_enUZ751UZ751&tbm=isch&source=iu&ictx=1&fir=oYusbC9_1P73ZM%253A%252CqEAH6CE57wtgmM%252C_&usg=__ULRBV5LGpHhrDjiNgwzoP589C84%3D&sa=X&ved=0ahUKEwi9jvH3kuzbAhWsIpoKHSnPB2oQ9QEIYjAO#imgrc=oYusbC9_1P73ZM: 

26 May 2022, 03:50 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar