Yosh bolaning siydigi tegsa

Assalomu alaykum! Hurmatlik ustozlar, masjidda jama kuni yoshi kattaroq inson siyib qo‘yibdi. Domla “xafa bo‘lmanglaru, iltimos xojatga yaqinroq joyda o‘tiringlar. Haligi gilamni 3 kecha yoki 1 sutka oqayotgan suvda chayish kerak” deb aytdilar. Shunda bu holatda voyaga etmagan yosh bolaning hukmi qanday bo‘ladi? Bizada ham 2 yashar farzandimiz bor, shunga o‘ylanib qoldim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hozirgi kunda mashina yuvadigan joylarda siydik ketdi degan gumongacha yuvilsa toza bo‘ladi. Emiziklik bolaning siydigi kattalarniki kabi najosati g‘aliza hisoblanadi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 02:23 | Savol-javoblar | 180 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar