Vitr namozidan keyin nafl o‘qib bo‘lmaydimi?

Assalomu alaykum! Bintu Sodiq telegram kanalida ushbu savol javobni o‘qib qoldim, lekin noqis aqlim bilan tushunolmadim. Savol: Vitrdan keyin o‘qilgan tahajjudlar xatomi? Vitr namozidan keyin nafl namoz o‘qib bo‘lmaydimi? Uzr tushuntirib bersangizlar. SAVOL: Assalomu alaykum! Oldinlari men vitrdan so‘ng tahajjud, ya’ni nafl namozini o‘qir edim. Hozir esa nafldan so‘ng vitrni o‘qiyman. Bu xatoimni bilganimdan so‘ng eski namozlarimga futur etmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nafllarni oxiri vitr bo‘lishini aytganlar. Shunday qilish sunnat. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 16:10 | Savol-javoblar | 147 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar