Tushga inson ahamiyat berishi kerakmi yoki yo‘qmi?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Inson tushda ko‘p bora bir xil tushni ko‘rsa ya’ni yaqin insonining vafotini. Suralardan doim o‘qib uxlayman, shunga insonning ko‘ngli g‘amgin holatga kelib qoladi. Yana musofirchilikda 3 marta shunday tush qaytarildi. Shunga fikringiz qanday? Tushga e’tibor bermaslik kerakmi yoki ko‘p bor qaytaririlishining ahamiyati bormi? Alloh sizdan rozi bo‘lsin, maslahat bering. Ichimdagi g‘amlik tashvishni ketishiga maslahatingizni bering, katta rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ahamiyat bermaslik kerak. Birovga aytmaslik kerak. Yaxshilikka yo‘yish kerak.

26 May 2022, 18:02 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar