Ro‘zam ochiladimi?

Assalomu alaykum! Singlim ertalab tomog‘i og‘ridi va ishtahasi bo‘lmaganligi uchun saxarlikda yaxshi ovqatlanolmadi. Kunduz darsga borganda boshi aylanib, ko‘z oldi qorong‘ilashib ketibdi (lekin hushudan ketmagan). Qo‘rqib qolib dugonalaridan suv so‘rab suv ichibdi. Kechqurun mendan yig‘lab so‘rayapti qasddan ochishga kiradi deb. Savolim singlimga kafforat vojib bo‘ldimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sog‘lig‘iga xavf etishidan qo‘rqib ro‘zasini buzgan bo‘lsa faqat qazosini tutib beradi. Kafforot vojib emas. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 17:02 | Savol-javoblar | 145 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar