So‘kinib gapirish
Assalomu alaykum! Ustozlar, bir tanishmim bor. O‘zi yaxshi inson hamma narsasi etarli, lekin bitta aybi bor. Juda ko‘p so‘kinadi. Yaxshi gapiyam yomon gapiyam so‘kinadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! So‘kinishdan murod o‘zgalarga ozor berish bo‘lsa bu mutlaqo yaxshi emas. U kishiga quyidagi hadisni etkazib qo‘yinglar. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قِيلَ لِلنَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّ فُلَانَةً تَقُومُ اللَّيْلَ، وَتَصُومُ النَّهَارَ، وَتَفْعَلُ، وَتُصَدِّقُ، وَتُؤْذِي جِيرَانَهَا بِلِسَانِهَا. فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : «لَا خَيْرَ فِيهَا، هِيَ مِنْ أَهْلِ النَّارِ. وَقَالُوا: وَفُلَانَةً تُصَلِّي الْمَكْتُوبَةَ، وَتُصَدِّقُ بِأَثْوَابٍ، وَلَا تُؤْذِي أَحَدًا. فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : هِيَ مِنْ أَهْلِ الْجَنَّةِ Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamga:
«Ey Allohning Rasuli! Falon ayol kechasi namozda qoim bo‘ladi, kunduzi ro‘za tutadi, yana boshqa falon-falon yaxshiliklarni qiladi, sadaqa beradi, lekin tili bilan qo‘shnilariga ozor etkazadi», deyishdi.
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«U ayolda yaxshilik yo‘q. U do‘zax ahlidandir», dedilar. Boyagi kishilar:
«Falonchi ayol bo‘lsa farz namozlarini o‘qiydi, kiyimidan sadaqa qiladi, lekin biror kishiga ozor bermaydi», deyishdi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Ana shu ayol ahli jannatlardandir», dedilar».
Sharh: Bu hadisi sharifda qo‘ni-qo‘shnilarga ozor bermaslik, ularni behurmat qilmaslik naqadar zarur ish ekani ta’kidlanmoqda. Qo‘ni-qo‘shnilarga yomon munosabatda bo‘lish, ularga ozor berish o‘qilgan nafl namozlar, tutilgan nafl ro‘zalarni ham yuvib ketib, ularni foydasiz holga keltirib qo‘yadi.
Aksincha, qo‘shnilari bilan tinch-totuv yashagan, ularga ozor bermagan odam katta baxt-saodatga erishadi va ahli jannatdan bo‘ladi.
Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Qo‘shnilarga tili bilan ozor berish kishining do‘zaxga kirishiga sabab bo‘ladigan omillardan biri ekani.
2. Biror kishiga ozor bermaslik kishining jannatga kirishiga sabab bo‘ladigan omillardan biri ekani. (“Adab al-Mufrad” kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:59 | Savol-javoblar | 181 | Oila va turmush