Mushafi sharif

Assalomu alaykum! Ustozlar, kamina Qur’oni Karimni yod olish maqsadida yod olishga kerak bo‘ladigan(tajvid kitobi, Qur’on tilovati yozilgan tasma va hokazo) vositalarni olgan edim. Ammo Mushafi sharifni hech qaerdan topa olmayapman. Bilishimcha Mushaf O‘zbekistonning hech qaerida sotilmaydi. Mushafi sharifni o‘zimizning nashriyotlarda nashr qilib, do‘konlarimizda sotishning iloji bormi? Bunday ishlarni kimlar qila olishi mumkin? Men Diniy idoradan yoki Hilol-Nashr nashriyotidan chop qilishni iltimos qilmoqchi edim, lekin avval Ustozlardan so‘rashni ma’qul ko‘rdim. Bu haqda javob va fikrlaringizni kutib qolaman. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Hilol Nashr nashriyoti Musxafi Sharifni chop qilish rejasini qilgan. Hozir chop qilish uchun ruxsat kutayapmiz. Chorsudagi kitob do‘koniga borsangiz Mushaflarning ko‘p turlari bor. Vallohu a’lam. Adminstrator.

26 May 2022, 15:00 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar