Shunday inson bilan birga yashash

Assalomu alaykum! Ustozlar, yoshim 25da, 3 yil bo‘ldiki oilaviy muammolar sababli ota uyimdaman. Avvaliga farzandim sabab nima bo‘lsa ham chidab yashayman derdim. 7 yildan beri hattoki ro‘za kunlarda ichib, ichkilikka mexr qo‘ygan, kamiga men bilganim 3marta o‘g‘rilik qilgan. Hattoki o‘lgan mayitni tillasini o‘g‘irlagan, jinsiy munosabatlarda ayoliga vaxshiylarcha muomala qiladigan, 3 yildan beri farzandi va ayolini oylarda bir eslamaydigon, na moddiy va na ma’naviy qarashmaydigan erkak bilan birga yanayam insof so‘rab yashayman desam, bu o‘zim uchun zulm emasmi? Ko‘nglim yo‘q bemexr, iymonsiz inson bilan oilaviy hayotimni davom ettiraymi yo‘qmi? Maslahat beringlar, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatinglar. O‘zim ro‘za tutib namoz o‘qiyman. Bir qarorga kelolmayabman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Ixtiyoringiz. Ayol degani g‘assolning qo‘lidagi o‘lik emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:02 | Savol-javoblar | 141 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar