Poraxo‘rning ishida ishlash
Assalomu alaykum! Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Savolim: tashkilot poraxo‘rlik orqali bir vazirlikdan qonunlarimizga zid qaror chiqarib olib, odamlarni majburlab o‘z maxsulotini sotyapti. Iste’molchilar majburlikdan norozilik bilan bu maxsulotni sotib olishga majbur bo‘lishyapti. Shunday xolatda, bu tashkilotda ishlab topilgan pul halolmi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Halol ishi bo‘lsa masalan xaydovchilik, qo‘riqchilik, mahsulot ishlab chiqarish kabi ishlarini qilayotgan bo‘lsangiz maoshingiz halol. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:03 | Savol-javoblar | 134 | Moliya va tijorat