AXVOL TANG!!!
Assalomu alaykum! Man ikki yil oldin oila qurishimdan avval oilada o‘zi 5 kishi edik, man, ota-onam, eridan ajrashib qaytib kelgan singlim va uning 6 yoshli o‘g‘li, ya’ni jiyanim. Uyda oila balansi degan narsa buzilgan, ya’ni otam tirik bo‘lsalar ham oila boshlig‘i onam hisoblanadi. Hamma narsa onammi ixtiyoriga qarab bo‘ladi, bunga sabab, otam o‘z vaqtida oila degan mas’uliyatni bo‘yniga olmagan, ishlab pul topib oilani boqmagan, farzandlarni tug‘dirib qo‘yib, keyin tashlab qo‘ygan, shu sababli har ishni onam o‘z bo‘yniga olib, oila degan aravani yolg‘iz tortganlar. Xullas shu narsa man uylanganimdan keyin man uchun katta zarba bo‘ldi. Ya’ni uyda ayol kishining xukmronligi. To‘yim kuni ertasi, chimildiqqa kirishdan oldingi jarayonda, chimildiq tayyorlangan xonaga kiraman deb jiyanim to‘palon qilishni boshladi, keyin man qattiqro urushib berudim, shu boshimga balo bo‘ldi. Singlim borib onamga ko‘pirtirib aytgan, onam bo‘sala jazavaga tushib, mani hammani oldida urib kettila, xullas chimildiqqa kirvotganda qarg‘ish olibam duo olibam kirdim. Shu kundan boshlab uyim jaxannamga aylangan. Qaytib kelgan singlimmi bolasi deb, onam (otammi etmiman, chunki ular uyda xech qanday obro‘ga ega emaslar va xech kim bir tiyinga olmaydi) mani xayotimmi do‘zaxga aylantirdila. Kelin bo‘lsa tayyor xo‘rakka aylandi, mani alamimmi ayolimdan olishshi boshlashdi. Oilammi ajratishga harakat qilishadi, har kuni janjal. Uydan chiqib ketay desam, uyimiz buzilish arafasida, chiqib ketsam alohida uy bermasligi mumkin, shunga sabr qilib yashavomman, 2 yildan beri. Xaligacha uydilarim bilan munosabatim yomon. Sizlardan iltimos, maslaxat berila, shariat bo‘yicha qanaqa yo‘l tutsam adolatli bo‘ladi, namoz o‘qib turib shariatga zid bo‘lgan ishlani qlishadi, Holiq qolib maxluqqa bo‘ysunulmidi desam, san aqllisan, bizlarga bunaqa tarbiya berishmagan ota-onamza deb urushishadi. To‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatinglar iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bu o‘rinda eng yaxshisi ham to‘g‘risi ham sabr. Johil insonlar devorga o‘xshaydilar, hadeb boshingizni devorga urmang. Boshingiz yorilgani qoladi. Urush janjallardan qoching. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:04 | Savol-javoblar | 129 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bu o‘rinda eng yaxshisi ham to‘g‘risi ham sabr. Johil insonlar devorga o‘xshaydilar, hadeb boshingizni devorga urmang. Boshingiz yorilgani qoladi. Urush janjallardan qoching. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:04 | Savol-javoblar | 129 | Oila va turmush