O‘lik dengizning tuzi
Assalomu alaykum! O‘lik dengiz tuzidan sog‘likni tiklash maqsadida foydalansa joizmi? Musulmonlarga harom qilingan deb eshitdim, shu to‘g‘rimi? Javob uchun oldindan minnatdorchilik bildiraman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Tarix va tafsir kitoblarida u dengizni Lut alayhissalomning qavmiga balo yuborilgan joy deyiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam azoblangan qavm qishloq va shaharlariga kirish hamda u erga joylashishdan qaytarganlar. ER YuTGAN VA AZOB TUShGAN JOYLARDA NAMOZ O‘QISh HAQIDA وَيُذْكَرُ أَنَّ عَلِيًّا رَضِي اللهُ عَنْهُ كَرِهَ الصَّلَاةَ بِخَسْفِ بَابِلَ Aytishlaricha, Aliy roziyallohu anhu Bobildagi er yutgan joyda namoz o‘qishni yoqtirmas ekan. حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ بْنُ عَبْدِ اللهِ قَالَ: حَدَّثَنِي مَالِكٌ، عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ دِينَارٍ، عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عُمَرَ رَضَيَ اللهُ عَنْهُمَا: أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «لَا تَدْخُلُوا عَلَى هَؤُلَاءِ الْمُعَذَّبِينَ إِلَّا أَنْ تَكُونُوا بَاكِينَ، فَإِنْ لَمْ تَكُونُوا بَاكِينَ فَلَا تَدْخُلُوا عَلَيْهِمْ، لَا يُصِيبُكُمْ مَا أَصَابَهُمْ Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Anavi azobga qolganlarning* eriga kirmang, yig‘lagan holda bo‘lsangiz, mustasno. Agar yig‘lagan holda bo‘lmasangiz, ularning eriga kirmang. Tag‘in ularning kuni boshingizga tushib qolmasin», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Reklamaning kuchini qarang. Alloh taoloning azobi yog‘ilgan joyda qanday qilib shifo bo‘lishi mumkin?! Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:07 | Savol-javoblar | 137 | Islam