Qo‘shnini o‘g‘irligi

Assalomu alaykum! Bir qo‘shnim erini oilasini magazinidan so‘ramasdan narsalar olib chiqib qo‘shnilarga sotayabdi. So‘ramay u erdan pul xam olayotgan ekan. Men bunda majburiyatim qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ishi harom ekanligini aytib, agar qaytmasa do‘kon egalariga aytib qo‘yish bilan o‘zini ogohlantiring. Uni so‘ramay olib chiqqan narsalarini sotib olayotgan qo‘shnilarni ham ogohlantiring bilib turib olsa o‘sha haromga tenma-teng sherik bo‘lishadi. Agar xulosa chiqarmasa do‘kon egalariga etkazib qo‘ying. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 22:22 | Savol-javoblar | 163 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar