Qachon nisobga etganini bilmayman

Assalomu alaykum! Uztozlar, agar ishlab topgan pulim qaysi oyda nisobga etganini va bir yilda pulimning aniq adadini bilmasam. Ko‘prog‘ini qasd qilib zakot chiqarsam bo‘ladimi? Misol uchun 10000$ni, balkim 9,5ming$ ishlagandurman. 2). Ukam 5ta qora mol olib uyda boqib 28 milnga sotdi. 8miln foyda qildi. O‘rniga yana 5ta kichikroq 14 milnga oldi. Savol ukam 28 milndan zakot chiqaradimi? Yana bir imom domla, uyda em sotib olib boqilgan moldan zakot berilmaydi debdi, shu gap to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). Joiz.
2). Sotish maqsadida olgan mollarining hozirgi kundagi bozor qiymati necha pul bo‘lsa, o‘shandan zakot chiqaradi. Domla bo‘rdoqiga boqib tijorat qilish bilan sigir boqib sutidan foydalanish masalasini chalkashtirib qo‘yibdi. Sutidan foydalanish uchun boqilgan sigir va uning bolasidan uyda boqilgani uchun zakot berilmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:10 | Savol-javoblar | 169 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar