Yo‘l xarakati qoidalariga rioya
Assalomu alaykum ustozlar! Xozirgi kunda shaxrimizda avtomobillar tobora ko‘payib bormoqda va ana shu avtoulovlar xaydovchilari orasida qoidalarga rioya etadigani xam bor, rioya etmaydiganlari xam bor. Avvallari avtomobil, svetofor, chorraxa kabilar bo‘lmaganligini xisobga olgan xolda; Savolim shundan iboratki, aynan qoidaga rioya etmaydigan xaydovchilarga nisbatan qanday xukm bor? Masalan qizil chiroqqa to‘xtamasdan o‘tib ketishlik kimnidir haqqini egan xisoblanadimi? Sababi, agar ana shu qoidabuzar xaydovchi qizil chiroqqa to‘xtasa va yashil chiroq yonsada, chorraxani undan oldin kesib o‘tadiganlar bor, to‘g‘rimi? Lekin u qoidani buzgan xolda xammadan oldin, xattoki piyodani o‘tkazishi kerak bo‘lgan joyda xam o‘tkazmay, ulgurganicha o‘tib qolishni istaydi va o‘tib ketadi. Bu qoidabuzarliklar aksariyat yoshlarimiz tomonidan amalga oshirilib kelmoqda desa xam bo‘ladi. 2). Agarda bu kabi qoidabuzarlik DAN xodimi tomonidan ro‘yxatga olinib, keyin jarima solinsa, bu qilmish xaydovchidan soqit bo‘ladimi yoki oxirat kunigacha xaydovchining bo‘ynida qoladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). Amal qilish vojib. 2). Oxiratga ham qoladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:10 | Savol-javoblar | 134 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). Amal qilish vojib. 2). Oxiratga ham qoladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:10 | Savol-javoblar | 134 | Dolzarb savollar