Maxrni kerakmas degan bo‘lsa

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men nomoz o‘qimaydigan bir yosh qizga uylanganman, oradan vaqt o‘tib ayolim nomoz o‘qishni boshlagan bo‘lib endi u o‘zining xaq xuquqlarini tanishni boshlagan. Nikoxdan oldin maxr sizning haqqiz, maxr so‘rang deganimda xech narsa kerak emas degan. Oradan 7 yil o‘tdi bir, ikki marta manga maxrimni bermaysizmi dedi. Xozircha maxrga imkonim yo‘q, sharoitim bo‘lsa berish niyatim bor. Meni sharoitimda maxr qanday muxim o‘rinda turipti?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Mahr kerak emas deyishi mahrdan voz kechish hisoblanadi. Kechilgan narsani qayta so‘rashga haqqi yo‘q. Hadya sifatida bersangiz sharaf qilgan bo‘lasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:16 | Savol-javoblar | 162 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar