ALLOHNI KO¨RISH
ASSALOMU ALAYKUM HAZRAT, savollarimni javobsiz qoldirmayotganingiz uchun katta rahmat, HAZRAT payg‘ambarlar orasida ALLOHNI jamolini ko‘rganlar bormi? savolim noo‘rin bo‘lsa uzr so‘rayman, ketgan vaqtingizga rozi bo‘ling. Oldindan rahmat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
— Muso miyqotimizga kelib, Robbi unga gapirganida, U: «Robbim, menga (jamolingni) ko‘rsat, Senga nazar solay», – dedi. U zot: «Meni hech ko‘ra olmassan. Lekin toqqa nazar sol, agar u o‘rnida sobit tura olsa, bas, Meni ko‘rasan», – dedi. Robbi toqqa tajalliy qilganida, uni titilgan holga keltirdi va Muso bexush bo‘lib yiqildi. Xushiga kelgach: «Sen poksan, Senga tavba qildim. Men mo‘minlarning avvalgisiman», – dedi.Bashar farzandi tarixidagi tengi va o‘xshashi yo‘q hodisa. Robb ila bandaning uchrashuvi. Butun olamlarni yaratgan Zot bilan o‘sha olamlarning kichik bir zarrasining yuzlashuvi. Bu uchrashuv tafsilotini va qanday holda ro‘y berganini Allohning O‘zi biladi. Biz esa, Qur’onda zikr etilgani bilan kifoyalanamiz, xolos. Ehtimol, ushbu uchrashuv kelajakdagi mashaqqatlarni engib o‘tish uchun Muso alayhissalomga quvvat va sabot manbai bo‘lar. Ehtimol, shuning uchun, uchrashuvdan burun qirq kun hamma narsani tark etib, chilla o‘tirib, alohida hozirlik ko‘rilgandir. Vaqti-soati etib, uchrashuv o‘z vaqtida, belgilangan joyda sodir bo‘ldi. Bu uchrashuv arab lafzida ismi zamon va ismi makon ma’nosini birdaniga anglatuvchi lafz ila «miyqot» deyiladi va uchrashuv vaqti va zamoni ma’nosini bildiradi.«Muso miyqotimizga kelib, Robbi unga gapirganida, U: «Robbim, menga (jamolingni) ko‘rsat, Senga nazar solay», – dedi.»Ulamolarimiz ta’kidlashlaricha, ushbu ulug‘ miyqot Qurbon hayiti kuni, Tur tog‘ining o‘ng tomonida sodir bo‘lgan. Miyqot ro‘y bergan tarixiy vaqt qirq kunlik ro‘za haqidagi rivoyatdan aniqlangan. Muso alayhissalom Zulqa’da oyida to‘la o‘ttiz kun va Zul-hijja oyida o‘n kun ro‘za tutib, hayit kuni Alloh bilan roz aytishganlar. Miyqot Tur tog‘ining o‘ng tomonida sodir bo‘lgani boshqa oyati karimalarda ham zikr etilgan.Demak, Muso alayhissalom Alloh bilan miyqotga, belgilangan vaqtda, belgilik joyga kelganlarida, u zotga Robbi bevosita so‘zladi. Bu hol qanday sodir bo‘ldi, tafsilotini yolg‘iz Allohning O‘zi biladi. Muso alayhissalom qanday qilib Allohning kalomini tingladilar, buni ham Allohning O‘zigina biladi. Chunki, bu narsa inson hatto tasavvur qilishi ham mushkul bir holdir. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga Jabroil alayhissalom vahiy keltirganlarida, ul zot tez-tez nafas olar, titrab-qaqshab, sovuq kunda ham terga ko‘milib ketar edilar. Sahobalardan birlarining tizzalari vahiy tushayotgan paytda Payg‘ambarimizning tizzalariga tekkanda, sahobiyning sonlari yorilib ketgudek bo‘lgan ekan. Endi, bevosita Allohning O‘zi bilan gaplashish qanday bo‘lishini bir oz bo‘lsa ham tasavvur qilish mumkin. Shubhasiz, bu o‘ziga xos g‘aroyib va nodir bir holat. Bu holatning g‘oyat darajada g‘aroyibligidan Muso alayhissalom shavqu zavqqa tushib, mast bo‘lib qolganlar va o‘zlarini butunlay unutib qo‘yganlar. Robbilariga bo‘lgan muhabbatlari ziyodalashib, Alloh kalomini bevosita tinglash shunchalik bo‘lsa, bevosita O‘zini ko‘z bilan ko‘rish qanday bo‘lar ekan, deb Alloh taolodan jamolini ko‘rsatishini so‘raganlar. Payg‘ambarning bu istagiga javoban Alloh taolo:«Meni hech ko‘ra olmassan», – degan.Shu bilan birga, bu holni oydinlashtirish maqsadida nima sababdan ko‘ra olmasligini amalda isbot etgan.«Lekin toqqa nazar sol, agar u makonida sobit tura olsa, bas, Meni ko‘rasan», – dedi.»Ya’ni, ey Muso, sen toqqa nazar sol, u juda ham ulkan va chidamli borliq. Unga har nechuk narsa ta’sir o‘tkaza olmaydi. Men o‘zimga xos tarzda unga ko‘rinaman. Agar tog‘ bu holga chidab, mavqeida sobit tura olsa, sen ham so‘rovingga binoan Meni bevosita ko‘ra olasan.«Robbi toqqa tajalliy qilganida, uni titilgan holga keltirdi.»Mazkur tajalliy qanday ro‘y berganini va u nechuk manzara kasb etganini ham bilmaymiz. Bizning bilganimiz shu: Alloh taolo yuqoridagi gaplarni Muso alayhissalomga aytganidan keyin, u kishi toqqa nazar soldilar. Tog‘ titilib, erga tenglashib qoldi. Makonida sobit tura olmadi. Muso alayhissalom buni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar. Bu oddiy aqlga sig‘mas mo‘’jiza edi.«...va Muso bexush bo‘lib yiqildi.»Chunki, bo‘lib o‘tgan hodisa shu darajada mahobatli edi.«Hushiga kelganida: «Sen poksan, Senga tavba qildim. Men mo‘minlarning avvalgisiman», –dedi.»Ya’ni, Muso alayhissalom o‘zlariga kelganlarida, avvalgi zavq va shavq, his-hayajonlar bosilgan edi. Ko‘zlarini ochish bilan Allohni ulug‘lashga shoshildilar: «Sen poksan», ya’ni, bandalarning oddiy nazariga ko‘rinish darajasidan yuqorisan. Men nomunosib savol berganimdan tavba qildim. Men mo‘minlarning avvalgisiman, dedilar.
2 May 2022, 21:39 | Savol-javoblar | 204 | Aqiyda