Energetik ichimliklar

Assalomu alaykum! Flash energetik ichimligi musulmonlar uchun halolmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu kabi narsalarda najosat aralashganligi shubhasi tufayli najosatga hukm qilish joiz emas. Go‘sht kabi mahsulotlardan boshqasida asl hukm ularning muboh, ya’ni halol va pok ekanligidir. Modomiki unga harom narsaning aralashgani aniq dalillar bilan isbotlanmasa, quyidagi qoida شك في وجود النجس : فالأصل بقاء الطهارة ga muvofiq najosatga hukm qilinmaydi. Agar najosat borligiga shak qilingan vaqtda, asl (qoida, najosatga hukm qilinmay) poklikning boqiy qolishidir. (al-Ashboh van nazoir). من شك في إنائه أو ثوبه أو بدنه أصابته نجاسة أو لا، فهو طاهر ما لم يستيقن، وكذا الآبار والحياض والحباب الموضوعة في الطرقات ويستقي منها الصغار والكبار والمسلمون والكفار، وكذا ما يتخذه أهل الشرك أو الجهلة من المسلمين، كالسمن والخبز والأطعمة والثياب Kim idishi, kiyimi, badaniga najosat tekkan yoki tegmaganigda shak qilsa, (aniq dalillar bilan najosat tekknligi ma’lum bo‘lmasa) ularni pok deb hukm qilinadi. Shunindek yoshu katta, musulmonu kofir foydalanadigan quduqlar, hovuzlar va yo‘l chetidagi suv idishlar hamda shirk ahli va ilmdan bexabar musulmonlar tayyorlagan yog‘, non, taomlar va kiyimlar ham pok hisoblanadi. (Roddul Muhtor). Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 20:47 | Savol-javoblar | 175 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar