Arazlashganda ro‘za
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar. Barchangizga Ramazon oyi muborak bo‘lsin. Savolim: Xozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda birovni xafa qilgan, gina qilib yurgan, arazlashgan odamlarning ro‘zasi qabul bo‘lmasligi xaqidagi gap so‘zlar keng tarqalib ketgan. Shu xaqida oyat yoki xadis bormi? Bu savolni berishimdan maqsad bir tanishimga ro‘za tut desam meni ro‘zam qabul bo‘lmaydi baribir, chunki men ko‘pchilikni xafa qilib quyganman dedi. Iltimos javobingizni Telegramm tarmog‘iga xam joylashtirsangiz. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! U ishlarni qilgan odamlar ro‘zaning savobidan bebahra bo‘lsada, qiyomat kunida zimmasidan farz ado bo‘lgan bo‘ladi. Bu kabi bahonalar bilan ro‘za tutmaslik katta gunoh. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:27 | Savol-javoblar | 140 | Ro‘za