Ribo bo‘ldimi?
Assalomu alaykum! Alloh ishlaringizda uzi madadkor bo‘lsin! Savolim quyidagicha man ikki yil oldin bir qarindoshimdan pul olgan edim. Gap shundaki ukamni chet elga o‘qishga jo‘natayotkan edik. Bank hisobida pul ko‘rsatish kerak ekan. Kerakli summa 15000 dollar atrofida edi, bizdagi bor pul ancha kam edi. Aynan shu vaqtda qarindoshimizda bu miqdordagi pul bor edi va pulini kvartira olib, ijaraga berib qo‘yib, pul topmoqchi edi. Shunda men qarindoshimizga ayttimki, agar pulingizni bizga berib tursangiz, o‘sha ijaradan topadigan pulingizni beramiz dedim. Hisob kitob qildik, ya’ni o‘sha vaqtni hisobi bilan u kishiga sotib olmoqchi bulgan kvartirasi Alloh nasib qilganda oyiga 100 dollardan bir yilda 1200 dollar mablag‘ keltirishi kerak edi. Shunga ko‘ra, man unga bir yillik topishi mumkin bo‘lgan mablag‘ni ya’ni 1200 dollarni oldindan berdim va undagi pulni ya’ni 15000ni hammasini oldim. O‘zi o‘shandayoq qalbimda bu ishni to‘g‘ri noto‘g‘riligiga shubham bor edi, lekin ortiqcha gapirib qarindoshimni xafa qilishni va ukamni o‘qishini o‘yladim. Indamadim va mana hozirda ikkinchi yilga ham oldindan kelishganimizdek to‘lov qilib berdim. Allohga hamdlar bo‘lsin, Alloh kutilmagan joyidan etkazib, hozirda ukamni o‘qishini pulini o‘zimiz amallaydigan darajaga etib qoldik va o‘tgan yildan qarindoshimizning qarzini berishni boshlab, ancha tugab qolay dedi. Bu ikki yil muddatda juda ko‘p o‘yladim, qidirib o‘qidim, ya’ni qilgan ishim riboga kirib qoldimikin deb xavotirdaman. Inshaalloh yaqinda oxirgi qismini bersam olgan qarzimni tannarxidan to‘laligicha qutulaman. Natijada man qarindoshimizga ikki yil davomida 2400 dollar va qarzimni to‘la tanasi 15000 dollar bergan bo‘laman. Savolim o‘sha 2400 haqida. Bu bergan 2400 dollar riboga kirib qolmadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Riboga qo‘l urgansiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:27 | Savol-javoblar | 160 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Riboga qo‘l urgansiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:27 | Savol-javoblar | 160 | Moliya va tijorat